Qozog‘iston O‘zbekiston va Tojikiston bilan aviatashuvni qayta tiklamoqda

Obuna bo‘lish
Qozog‘istonning transportdagi bosh sanvrachi qaysi davlatlar bilan aviatashuvlar qayta tiklanishi haqida gapirdi. Ular orasida O‘zbekiston ham bor

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Qozog‘iston muntazam xalqaro reyslarni tiklaydigan birinchi va ikkinchi toifadagi mamlakatlar ro‘yxati kengaytirildi. Bu haqda transportdagi bosh sanitar vrach Sadvakas Baygabulov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Qozog‘iston.

Mejdunarodniy aeroport Sochi v Adlere - Sputnik O‘zbekiston
Xalqaro aviakompaniyalar yo‘lovchilar haqidagi ma’lumotni O‘zbekiston DXXga taqdim etadi

"Birinchi toifadagi mamlakatlar toifasiga qo‘shimcha ravishda Vengriya, Hindiston, Germaniya, Chexiya va Malayziya kiritildi. Birinchi toifadagi mamlakatlardan kelayotgan yo‘lovchilar uchun cheklovlar yo‘q", - dedi Baygabulov.

Ikkinchi kategoriya mamlakatlarga Misr, Ukraina, Polsha, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston kiritilgan.

"Ikkinchi toifaga kiritilgan mamlakatlardan keladigan yo‘lovchilar uchun: COVID-19 yo‘qligi haqida ma’lumotnoma bo‘lganida - cheklovlar bo‘lmaydi. Agar ma’lumotnoma bo‘lmasa, mutaxassislar tomonidan 48 soat ichida PSR-analiz topshirishi lozimligi haqida bildirish qog‘ozi taqdim etiladi yoki aeroportga kelishi bilan 14 kunlik uy karantiniga olinishi talab etiladi", - deya aniqlik kiritdi transportdagi sanvrach.

Birinchi va ikkinchi kategoriyaga kirmagan davlatlar uchinchi kategoriyaga kiritiladi.

"Bunda muntazam aviareyslar ta’qiqlangan", - deb qayd etdi Baygabulov.

Yangiliklar lentasi
0