O‘zbekistonda COVID-19ni yuqtirganlik holati bir kunda 342taga oshdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishTestirovanie na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo
Testirovanie na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 10362 nafar bemordan 6690 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 64 %ni tashkil etmoqda.

TOShKENT, 7-iyul - Sputnik. Kuni kecha, 6-iyul kuni 342 nafar koronavirusga chalinganlar soni aniqlanib, rekor ko‘rsatkich qayd etildi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Rabota medikov s bolnimi COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus qurbonlari, ikkinchi to‘lqin va niqob masalasi - SSV vakili bilan intervyu

"Shu yilning 6-iyul kuni mamlakatimizda 342 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 204 nafari karantin muassasalarida, 116 nafari aholi orasida, 22 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan", - deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida kechaning o‘zida 106 nafar fuqaro sog‘aygan.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 10362 nafar bemordan 6690 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 64 %ni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3635 nafar bemordan 25 nafari og‘ir, 13 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, yangi turdagi koronavirus infeksiyasi - COVID-19 tarqalishini 11-mart kuni pandemiya, deb e’lon qilgan edi. BSST taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan bemorlanganlar soni 11,3 million nafarni tashkil etmoqda, 532 mingdan ziyod odam virus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0