Ertadan O‘zbekistonda havo salqinlashadi

© Sputnik / Aleksey Savostin / Mediabankka o‘tishOtdixayushie v usadebnom parke "Suxanovo" v Moskovskoy oblasti.
Otdixayushie v usadebnom parke Suxanovo v Moskovskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harorat kechasi 10-15 darajagacha, kunduzi 22-27 darajagacha pasayadi, bu iqlimiy meyordan 5-7 darajaga pastdir.

TOShKENT, 16 sen - Sputnik. 17-18 sentabrda salqin va kam nam havo butun O‘zbekiston hududiga tarqaladi, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.

Izobrajenie koronavirusa SARS-CoV-2(oboznachen jeltim svetom), kotoriy porajayet kletki cheloveka - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni to‘liq yo‘q qiluvchi modda topildi

"Bugun, 16 sentabrdan respublikaning shimoliy tumanlariga Volgabo‘yidan salqin va kam nam havo oqimi kirishni boshlaydi. Kun davomida bu oqim mamlakatimizning shimoli va cho‘l zonasidan o‘tadi va bulutlilikning ortishi va kunduzgi haroratning 20-25 darajagacha pasayishiga olib keladi", - deyiladi xabarda.

17-18 sentabrda salqin va kam nam havo butun O‘zbekiston hududiga tarqaladi. Hamma joyda bulutlilik ortadi, qisqa muddatli yomg‘irlar faqat respublikaning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 darajagacha, kunduzi 22-27 darajagacha pasayadi, bu iqlimiy meyordan 5-7 darajaga pastdir.

Sovuq havo fronti o‘tishi natijasida 16-17 sentabr kunlari respublika bo‘yicha shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

19 sentabrda janubi-g‘arbiy issiq havo sovuq oqimni siqib chiqarishni boshlaydi va kunduzgi harorat 1-2 darajaga ko‘tarilib, 25-30 darajani tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0