Abduxakimov Samarqand yarim marafoni masalalariga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilish o‘tkazdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSamarkand polumarafon
Samarkand polumarafon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda uzatiladi. Musobaqa viloyatlar o‘rtasida o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z hududi birinchi o‘rinni egallashi uchun eng katta masofani bosib o‘tishi kerak bo‘ladi.

TOShKENT, 26 sen - Sputnik. O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari, Samarkand Half Marathon xalqaro xayriya marafoni tashkiliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Samarqand yarim marafonining tashkiliy masalalariga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilish o‘tkazdi.

Samarkandskiy polumarafon-2019 - Sputnik O‘zbekiston
"Sog‘lom bo‘lay desang - yugur!": Samarqand xalqaro yarim marafonining yorqin lahzalari

Unda viloyatlar hokimlari o‘rinbosarlari, Moliya vazirligi, TIV va IIV, FVV, Transport vazirligi va Milliy gvardiya rahbar o‘rinbosarlari qatnashishdi.

Yig‘ilish doirasida Samarqand yarim marafonini o‘tkazish bilan bog‘liq qator masalalar muhokama qilindi.

Aziz Abduhakimov bu yil yarim marafon virtual formatda o‘tishi, Samarqandda esa turli mamlakatlarning professional atletlari g‘oliblik uchun kurash olib borishini ta’kidladi.

Poyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda uzatiladi. Musobaqa viloyatlar o‘rtasida o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z hududi birinchi o‘rinni egallashi uchun eng katta masofani bosib o‘tishi kerak bo‘ladi.

Ice Boy - Vang Fuman - Sputnik O‘zbekiston
Sovuqda 5km piyoda yurib maktabga borgan bolakay - dunyoga mashhur bo‘ldi

Ilk marta yarim marafon ishtirokchilari uchun ikki qo‘shimcha format taqdim etiladi: bolalar poygasi va skandinaviyacha yurish.

Joriy yilda yarim marafonda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon, gimnastikachi, Olimpiya o‘yinlari sovrindori Oksana Chusovitina, bokschi, 2016-yilgi Olimpiya o‘yinlarining kumush medal sovrindori Shahram G‘iyosov va boshqalar qatnashadi.

Samarkand Half Marathon’ni o‘tkazishdan tushgan barcha mablag‘lar O‘zbekistondagi autizmdan aziyat chekuvchi bolalar internatlaridan birida badiiy studiya ochishga yo‘naltiriladi, xohlovchilar uchun esa ma’ruza va seminarlar ham o‘tkazish rejalashtirilgan.

Marafon odamlarga autizmdan aziyat chekuvchi kishilar dunyosi naqadar rang-barangligi va bunga e’tibor qaratish qanchalik muhim ekanini anglashda yordam beradi.

Uchastnitsa marafona - Sputnik O‘zbekiston
Yil davomida 3,6 mln qadam yurgan kishilarga imtiyoz beriladi

Yig‘ilish doirasida mamlakatning barcha o‘quv muassasalarida inklyuziyaga e’tibor qaratish alohida muhokama qilindi. Unda ta’lim tizimi o‘quvchilar bilan suhbat formatiga moslashtirilishi lozimligi, bu inklyuzivlik g‘oyasini interfaol shaklda maksimal qulay darajada yetkazib berishi qayd etildi.

Shu kunlarda butun respublika bo‘ylab Samarkand Half Marathon xalqaro xayriya poygasi registratsiyasi ochilishiga bag‘ishlangan #moviynurtarat aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda shaharlardagi yirik inshootlar va me’moriy obidalar autizmdan aziyat chekuvchi kishilarga hayrixohlik belgisi sifatida hamda ularning ijtimoiy muhitga integratsiyalashuvida duch keluvchi muammolariga e’tiborni qaratish maqsadida moviy rangda nur taratdi.

Samarkand Half Marathon – Madaniyat va san’at jamg‘armasi tomonidan Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Samarqand viloyati hokimligi ko‘magida tashkil qilinuvchi, har yili o‘tkaziluvchi xayriya poygasi.

Xayriya poygasiga 1-noyabr kuni start beriladi. Unda butun dunyo mamlakatlari fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0