O‘zbekistonga o‘n oyda 568 nafar fuqaro jasadi olib kelindi

V Uzbekistan dostavili tela migrantov, pogibshix v Rossii
V Uzbekistan dostavili tela migrantov, pogibshix v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining vaqtinchalik saqlash markazlaridan 625 kishi qaytarilgan. 2019-yilda bu miqdor 3323 kishini tashkil etgan

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Yanvar-oktabr oylari oralig‘ida chet elda turli sabablarga ko‘ra vafot etgan 568 nafar vatandoshlarning jasadlari O‘zbekistonga qaytarilgan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili Azim Axmatov Sputnik O‘zbekiston nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Vidacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoe projivanie - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada migrantlar uchun RVP kvotasi keskin qisqartirildi

"2020 yilning o‘tgan o‘n oyi davomida O‘zbekistonga chet eldan 568ta "Gruz-200" olib kelindi. Shu jumladan, Rossiyadan — 546ta, Turkiyadan — to‘qqizta, Qozog‘istondan — oltita, Yamandan — bitta, Liviyadan — bitta, Misrdan — bitta", - dedi Axmatov.
O‘tgan yilda respublikaga olib kelingan "Gruz-200"lar soni 308tani tashkil qilgan.

Shuningdek, Axmatovning aytishicha, Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining vaqtinchalik saqlash markazlaridan 625 kishi qaytarilgan. 2019-yilda bu miqdor 3323 kishini tashkil etgan.

COVID-19 pandemiyasi tufayli yil boshidan chet davlatlardan O‘zbekistonga kirib kelgan fuqarolar soni 392 371 nafarni tashkil qilgan. Pandemiya tufayli xorijga ishlashga keta olmagan fuqarolar soni 483 121 nafarni tashkil qilgan.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra uzoq muddatda xorijda yurgan O‘zbekiston fuqarolari soni bugungi kunda 1 739 468 nafarni tashkil etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0