Kamilov AQSh Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Kristofer Miller bilan uchrashdi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki tomon ham harbiy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini tasdiqladilar va terrorizmga qarshi kurash, chegara xavfsizligi va mudofaa muassasalari salohiyatini oshirish kabi masalalarda yaqin hamkorlikni davom ettirishlarini ta’kidladilar.

TOShKENT, 21 noya - Sputnik. 2020-yilning 19-noyabr kuni Vashington shahrida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya AQSh Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Kristofer Miller bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida mudofaa sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Kristofer Miller O‘zbekistonga Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashda yetakchi rol o‘ynayotgani uchun minnatdorlik bildirdi va Amerika Qo‘shma Shtatlari xavfsizlik bilan bog‘liq umumiy muammolarni hal qilishda O‘zbekiston bilan aloqalarni davom ettirishini tasdiqladi.

Pentagon rahbari, shuningdek, mamlakatimizning afg‘onlararo tinchlik muzokaralarini olib borish, Afg‘onistonni iqtisodiy tiklash va uning Markaziy Osiyo mintaqasiga integratsiyasini qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarini mamnuniyat bilan qayd etdi. Tomonlar Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini bundan keyin ham ilgari surish va barqaror siyosiy kelishuv maqsadini qo‘llab-quvvatlashda qat’iy ekanliklarini tasdiqladilar.

Ikki tomon ham harbiy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini tasdiqladilar va terrorizmga qarshi kurash, chegara xavfsizligi va mudofaa muassasalari salohiyatini oshirish kabi masalalarda yaqin hamkorlikni davom ettirishlarini ta’kidladilar.

 

Yangiliklar lentasi
0