Toshkent hokimiyati 1 mlrd so‘mga prezident portretlarini sotib olgan - OAV

© Press-slujbaShavkat Mirziyoyev pozdravil veteranov s prazdnikom
Shavkat Mirziyoyev pozdravil veteranov s prazdnikom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumot uchun, "Kolorpak"» tomonidan chiqarilgan prezident portretining ulgurji narxlari 322 ming so‘m (59×71sm) va 207 ming so‘mni (49×42) tashkil qiladi.

TOShKENT, 25 noya - Sputnik. Toshkent hokimining boshqaruv apparati 4965 dona prezident portretlarini sotib olgan. Ularning umumiy qiymati 999,05 million so‘mga teng. Bu haqda ma’lumotlarni Davlat xaridlari portaliga yuklangan hujjatda ko‘rish mumkin, deb xabar qilgan "Daryo" nashri bloger Otabek Bakirovga tayangan holda.

2020 yil 19-maydagi shartnomaga ko‘ra, portretlar "Kolorpak" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Buyurtmaga ko‘ra, har biri 200 ming so‘mlik 2894 dona 59×71 lik portret (jami 665,6 million so‘m), hamda 2071 dona 49×42lik portret (jami 333,4 million so‘m) sotib olingan.

Ma’lumot uchun, "Kolorpak"» tomonidan chiqarilgan prezident portretining ulgurji narxlari 322 ming so‘m (59×71sm) va 207 ming so‘mni (49×42) tashkil qiladi.

Avvalroq "Kolorpak"ning iyun oyida yangi "Ta’lim" darsligining 6 million nusxasini va "Informatika" bo‘yicha 2 million nusxasini nashr etish bo‘yicha bosh pudratchisiga aylangani haqida xabar berilgandi. Kompaniya shartnomani o‘quv yili boshlanishidan 2,5 oy oldin qabul qildi va bu bilan boshqa noshirlar bilan tuzilgan shartnomalar o‘zgartirildi.

Yangiliklar lentasi
0