Rossiya chegarasida 2020-yilda razvedkaga oid faollik kuchaydi - Mudofaa vazirligi

© VVS SShARC-135U - AQSh razvedkachi samolyoti
RC-135U - AQSh razvedkachi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya havo-kosmik kuchlari radiotexnika qo‘shinlari bo‘linmasining olti mingdan ortiq harbiy xizmatchilari kundalik jangovar navbatchilikda turadi.
TOShKENT, 1 yanv - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi 2020-yilda mamlakat chegaralarida razvedkaga oid faollik to‘g‘risida ma’lumot berdi. RIA Novosti xabari asosida.
Poseydon na pritsele: rossiyskiy istrebitel perexvatil samolet-razvedchik SShA nad Chernim morem - Sputnik O‘zbekiston
Qonunsizlik: Rossiya ustidan AQSh razvedka parvozlari kimga kerak
2020 yilda harbiylar Rossiya chegarasiga yaqin kelgan 2,9 mingga yaqin jangovar va 1,1 mingdan ortiq razvedka havo kemalarini aniqlaganlar, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.
"2020 yil o‘quv yilida havo-kosmik mudofaasi bo‘yicha jangovar navbatchilikni olib borish vaqtida Harbiy kosmik kuchlar radiotexnika qo‘shinlari bo‘linmalari bir milliondan ortiq havo kemalarini, shu jumladan 2900 ga yaqin jangovar va 1100 dan ziyod razvedka aviatsiyasini aniqlashdi va kuzatib qo‘yishdi", - deyiladi xabarda.
P/k predsedatelya Rossiyskogo istoricheskogo obshestva S. Narishkina - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya bosh razvedkachisi bilan intervyu
Ta’kidlanishicha, radiotexnika qo‘shinlari bo‘linmalarining olti mingdan ortiq harbiy xizmatchilari kundalik jangovar navbatchilikda turadi. Ushbu turdagi qo‘shinlarning mutaxassislari nazorat nishonlari yordamida navbatchi kuchlar sinovlarida ishtirok etishadi, davlat chegarasi va havo bo‘shlig‘idan foydalanish tartibini buzgan shartli samolyotlar aniqlanganda, navbatchilarning havo hujumidan mudofaa kuchlari bo‘yicha harakatlarini mashq qiladilar.
"Pandemiya bilan bog‘liq cheklovlarga qaramay, 2020-yilda radiotexnika qo‘shinlarda Havo-kosmik kuchlari qismlari radiotexnik bo‘linmalari va qismlari bilan 100 dan ortiq taktik va maxsus taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi", - deb qo‘shimcha qilishdi Mudofaa vazirligida.
Bunday tadbirlarning taxminan 30 foizi Ashuluk, Telemba va Pemboy davlat poligonlarida o‘tkazildi, deya xulosa qildi mudofaa idorasidagilar.
Yangiliklar lentasi
0