Samarqandlik o‘smir "Afrosiyob" poyezdi oynasiga tosh otib, sindirdi

© Michał HuniewiczVisokoskorostnoy elektropoyezd "Afrosiab"
Visokoskorostnoy elektropoyezd Afrosiab - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Buxoro-Toshkent" yo‘nalishidagi "Afrosiyob" yuqori tezurar yo‘lovchi poyezdining 5-vagon 1-oynasi noma’lum shaxs tomonidan tosh otib sindirilgan
TOShKENT, 23 yanv - Sputnik. Afrosiyob" tezurar poyezdiga tosh otgan bezori aniqlandi, deb xabar bermoqda IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi.
Passajir v poyezde - Sputnik O‘zbekiston
Aql yoshdamas, boshda: yoshi 60ni qoralagan kishi "Andijon"-"Toshkent" poyezdiga tosh otdi
Xabarda aytilishicha, 18-yanvar kuni soat 16:48da "Ziyovuddin-Zirabuloq" temir yo‘l bekatlari oralig‘i 3819 km.da, "Buxoro-Toshkent" yo‘nalishidagi "Afrosiyob" yuqori tezurar yo‘lovchi poyezdi yo‘nalishi bo‘ylab o‘ng tomondan 5-vagon 1-oynasiga noma’lum shaxs tomonidan tosh otib sindirilgani aniqlangan. 
Shu yilning 20-yanvar kuni Samarqand viloyati IIB TXTB xodimlari tomonidan  olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, ushbu shaxs 2001-yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati, Narpay tumanida yashovchi U. X. ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari davom etmoqda.
 
Yangiliklar lentasi
0