O‘zbekiston Germaniya va YeI davlatlari bilan muntazam qatnovlarni tikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSamolet prezidenta Uzbekistana vo vremya vzleta
Samolet prezidenta Uzbekistana vo vremya vzleta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2021
Obuna bo‘lish
Germaniyada 14 kun davomida bo‘lgan Germaniya va Yevropa Ittifoqi fuqarolari ikki haftalik izolyatsiyasiz O‘zbekistonga tashrif buyurishlari mumkin
TOShKENT, 23 fev - Sputnik. Toshkent - Frankfurt - Toshkent muntazam qatnovlari tiklandi. Bu haqda "O‘zbekiston havo yo‘llari" matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Samolet Boeing NAK Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2021
O‘zbekiston va Hindiston aviaqatnovlarni tiklash masalasini muhokama qildi
"Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus komissiya qaroriga binoan, Germaniyada 14 kun davomida bo‘lgan Germaniya va Yevropa Ittifoqi fuqarolari ikki haftalik izolyatsiyasiz O‘zbekistonga tashrif buyurishlari mumkin", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 1-martdan boshlab "Uzbekistan Airways" AJ yo‘lovchilari yangi xizmat turi - aviakompaniyaning qatnovlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin.
Ushbu xizmat aeroportdagi ro‘yxatdan o‘tish punktida navbatda turmaslikka va samolyot bortida kerakli joyni tanlash imkoniyatini beradi. Endi har kim uydan chiqmasdan vaqtini tejagan holda, aviakompaniyaning qatnovlariga ro‘yxatdan o‘tish xizmatidan foydalanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0