Qozog‘iston O‘zbekistonga QazCovid-in vaksinasini birga ishlab chiqishni taklif etmoqda

© Akimat Almatinskoy oblastiFlag respubliki Kazaxstan
Flag respubliki Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2021
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonning inaktivlashtirilgan vaksinasi O‘zbekistondagi farmatsevtika korxonalarining birini bazasida ishlab-chiqarilishi mumkin - Soy
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Aleksey Soy O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayevga Qozog‘istonning inaktivlashtirilgan QazCovid-in vaksinasini O‘zbekistondagi farmatsevtika korxonalarining birining bazasida ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif etdi, deb xabar bermoqda Sputnik Qozog‘iston.
Povsednevnaya jizn - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2021
Qozog‘iston O‘zbekistonga parvozlar sonini ko‘paytiradi
Qozog‘iston Bosh vazir o‘rinbosari Erali Tugjanov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari O‘zbekistonda ishchi safar bilan bo‘ldi.
Tomonlar farmatsevtika sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qildilar, qator uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazdilar, shuningdek, Toshkentdagi qator tibbiy obyektlar faoliyati bilan tanishdilar.
Qozog‘iston hukumat delegatsiyasi shuningdek O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Behzod Musayev bilan uchrashdi.

QazCovid-in vaksinasi

QazCovid-in vaksinasi uchinchi faza klinik sinovlardan o‘tmoqda, uning dastlabki samaradorligi 96% sifatida baholanmoqda.
Sal avval QazCovid-in vaksinasi bilan aholini 2021-yilning iyunidan boshlab emlash mumkin bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0