2018 yil: O‘zbekiston armiyasining eng yorqin voqealari

Obuna bo‘lish
E’tiboringizga o‘tgan bir yil davomida O‘zbekiston armiyasida ro‘y bergan eng muhim voqealar ketma-ketligini taqdim etamiz.

2018 yilda O‘zbekiston mudofaa salohiyatini oshirish, qo‘shinlarning jangovar shayligini yuksaltirish, milliy armiyani zamonaviy harbiy-texnika va qurol-aslahalar bilan ta’minlash, harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.

Patrioticheskiy rolik - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston armiyasi - Markaziy Osiyoda eng qudratli armiyalardan biri

Xususan, O‘zbekiston prezidentining 4-avgustdagi qaroriga ko‘ra, armiyada tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi joriy etilib, harbiy psixolog, sotsiolog lavozimlari kiritildi, Qurolli Kuchlar tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish Konsepsiyasi tasdiqlandi.

Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida Mudofaa vazirligi Sport klubi a’zolari 10 ta oltin, 12 ta kumush hamda 11 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Toshkentdagi "Universal" sport majmuida MDHga a’zo davlatlar do‘stona armiyalari o‘rtasidagi armiya qo‘l jangi chempionatida O‘zbekiston harbiylari jamoasi 5 ta oltin medal bilan birinchi o‘rinni qo‘lga qiritdi.

Birinchi marta O‘zbekiston va Tojikiston respublikalari qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari o‘rtasida Tojikiston hududida hamkorlikda "Jangovar hamdo‘stlik—2018" o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda birinchi marta MDHga a’zo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kenashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston respublikalarining mudofaa idoralari rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida qo‘shin razvedkachilari o‘rtasida o‘tkazilgan «Kembriya patruli» xalqaro tanlovida birinchilikni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlaridan tarkib topgan "Sharq yulduzi" terma jamoasi Moskvada bo‘lib o‘tgan «Mudofaa vazirining KVN kubogi» xalqaro festivalida ishtirok etib, 2-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning farmoyishiga binoan Mudofaa vazirligi qo‘shinlari tarixda birinchi marta o‘quv signali bo‘yicha yuqori jangovar shaylikka keltirildi.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Global Firepower tomonidan tuzilgan, 136 mamlakat qurolli kuchlari ishtirok etgan dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 9 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, 39 o‘rinni egalladi.

© Ministerstvo oboroni RUzQo‘shinlarda 1992—1993 yillardan beri birinchi marta tungi vaqtda parashutdan sakrash, suv sathiga sakrash, guruh bo‘lib uchish mashqlari o‘tkazildi.
Qo‘shinlarda 1992—1993 yillardan beri birinchi marta tungi vaqtda parashutdan sakrash, suv sathiga sakrash, guruh bo‘lib uchish mashqlari o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston
1/8
Qo‘shinlarda 1992—1993 yillardan beri birinchi marta tungi vaqtda parashutdan sakrash, suv sathiga sakrash, guruh bo‘lib uchish mashqlari o‘tkazildi.
© MO UzbekistanaMudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari IV Xalqaro armiya o‘yinlarida ikkinchi bor ishtirok etib, 6 ta sovrinli o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘ldi
Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari IV Xalqaro armiya o‘yinlarida ikkinchi bor ishtirok etib, 6 ta sovrinli o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘ldi. - Sputnik O‘zbekiston
2/8
Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari IV Xalqaro armiya o‘yinlarida ikkinchi bor ishtirok etib, 6 ta sovrinli o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘ldi
© Press-slujba minoboroni RUzKursantlar o‘rtasida o‘tkazilgan IV Xalqaro olimpiadada O‘zbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari birinchi marta ishtirok etishiga qaramay, to‘rtta yo‘nalishida faxrli o‘rinlarni egallashdi.
Kursantlar o‘rtasida o‘tkazilgan IV Xalqaro olimpiadada O‘zbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari birinchi marta ishtirok etishiga qaramay, to‘rtta yo‘nalishida faxrli o‘rinlarni egallashdi. - Sputnik O‘zbekiston
3/8
Kursantlar o‘rtasida o‘tkazilgan IV Xalqaro olimpiadada O‘zbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari birinchi marta ishtirok etishiga qaramay, to‘rtta yo‘nalishida faxrli o‘rinlarni egallashdi.
© Ministerstvo oboroni UzbekistanaPrezident qaroriga asosan, Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarning farzandlari oliy ta’lim o‘quv yurtlariga 5 foizli kvota asosida o‘qishga qabul qilinadigan bo‘ldi. Bugungi kunda 350 ga yaqin harbiylarning farzandlari oliygohlarda shu imtiyozdan foydalanib o‘qimoqda.
6) Prezident qaroriga asosan, Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarning farzandlari oliy ta’lim o‘quv yurtlariga 5 foizli kvota asosida o‘qishga qabul qilinadigan bo‘ldi. Bugungi kunda 350 ga yaqin harbiylarning farzandlari oliygohlarda shu imtiyozdan foydalanib o‘qimoqda. - Sputnik O‘zbekiston
4/8
Prezident qaroriga asosan, Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarning farzandlari oliy ta’lim o‘quv yurtlariga 5 foizli kvota asosida o‘qishga qabul qilinadigan bo‘ldi. Bugungi kunda 350 ga yaqin harbiylarning farzandlari oliygohlarda shu imtiyozdan foydalanib o‘qimoqda.
© Ministerstvo oboroni RUz"Chirchiq" umumqo‘shin dala o‘quv maydoni bazasida tank biatloni bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishga mo‘ljallangan va xalqaro standartlarga mos bo‘lgan birinchi maxsus maydon barpo etildi. Mudofaa vazirligi miqyosida ilk bor «Tank biatloni” musobaqasi o‘tkaziladi.
3) «Chirchiq” umumqo‘shin dala o‘quv maydoni bazasida tank biatloni bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishga mo‘ljallangan va xalqaro standartlarga mos bo‘lgan birinchi maxsus maydon barpo etildi. Mudofaa vazirligi miqyosida ilk bor «Tank biatloni” musobaqasi o‘tkaziladi. - Sputnik O‘zbekiston
5/8
"Chirchiq" umumqo‘shin dala o‘quv maydoni bazasida tank biatloni bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishga mo‘ljallangan va xalqaro standartlarga mos bo‘lgan birinchi maxsus maydon barpo etildi. Mudofaa vazirligi miqyosida ilk bor «Tank biatloni” musobaqasi o‘tkaziladi.
© Ministerstvo oboroni RUzToshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti (hozirda Qurolli Kuchlar akademiyasi) 100-yilligini nishonladi.
Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti (hozirda Qurolli Kuchlar akademiyasi) 100-yilligini nishonladi. - Sputnik O‘zbekiston
6/8
Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti (hozirda Qurolli Kuchlar akademiyasi) 100-yilligini nishonladi.
© Minoboroni RUzO‘zbekiston hamda Qozog‘iston maxsus operatsiya kuchlari ishtirokida ikki mamlakat o‘rtasida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ikki bosqichdan iborat qo‘shma mashg‘ulotlar har ikki davlat hududidagi poligonlarda o‘tkazildi
O‘zbekiston hamda Qozog‘iston maxsus operatsiya kuchlari ishtirokida ikki mamlakat o‘rtasida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ikki bosqichdan iborat qo‘shma mashg‘ulotlar har ikki davlat hududidagi poligonlarda o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston
7/8
O‘zbekiston hamda Qozog‘iston maxsus operatsiya kuchlari ishtirokida ikki mamlakat o‘rtasida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ikki bosqichdan iborat qo‘shma mashg‘ulotlar har ikki davlat hududidagi poligonlarda o‘tkazildi
© Minoboroni RUzV Uzbekistane obyavlena masshtabnaya uchebnaya trevoga.
V Uzbekistane obyavlena masshtabnaya uchebnaya trevoga - Sputnik O‘zbekiston
8/8
V Uzbekistane obyavlena masshtabnaya uchebnaya trevoga.
Yangiliklar lentasi
0