Kamikadze Shvars va izquvar Zorro: Toshkent viloyati kinologiya markazidan foto-reportaj

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2019-yil davomida "to‘rtoyoqli politsiyachilar" 2,5 mingdan ziyod jinoyatlarni fosh etishda yordam bergan. Xizmat itlari qanday tayyorlanadi va saralanadi? Shu va boshqa savollarga javob olish maqsadida Sputnik muxbiri Toshkent viloyati IIB Kinologiya bo‘linmasida bo‘ldi

Biz tashrif buyurgan Toshkent viloyati IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xuzuridagi Kinologiya xizmati xizmat itlar pitomnigi 2001 yilning aprel oyida  tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda viloyat IIBB Kinologiya xizmati obyekti hisoblanadi.

Pitbul - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida it urishtiruvchi hibsga olindi

Bo‘linmaning asosiy vazifalari: og‘ir va o‘ta og‘ir hamda shaxsga qarshi jinoyatlarni fosh etishda maxsus yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlangan xizmat itlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish; jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, giyohvandlik vositalari, portlovchi moddalar, qurol va o‘q-dorilarni aniqlashda ishtirok etish; ko‘chalar, maydonlar, istirohat bog‘lari, vokzallar, aeroportlar va boshqa jamoat joylarida, shuningdek, ommaviy tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda qatnashishdan iborat.

Ushbu obyektda yuqorida qayd etilgan vazifalardan tashqari, kinologiya xizmati xodimlarining doimiy ravishda jangovar shayligini ta’minlash maqsadida kinolog xodimlarning bilim saviyasi, kasb mahoratini oshirish, xizmat itlarini maxsus yo‘nalishlar bo‘yicha ("Iz-qidiruv" va "Giyoxvandlik moddalarni qidirib topish") tayyorlash ishlari amalga oshiriladi. 

Oxotnichye rujye - Sputnik O‘zbekiston
Itni otib o‘ldirgan odamga nisbatan chora ko‘riladi – IIBB

2019 yil davomida Toshkent viloyati IIBB Patrul-prst xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya bo‘linmalari xodimlari tomonidan amalga oishirilgan ishlar natijasida 299 ta turli xil jinoyatlar jinoyatlar fosh etilishida ishtirok etishdi.

Xizmat itlarining zotini va sifatini yaxshilash, aholidan xizmatga layoqatli bo‘lgan itlarni sotib olishni yaxshi yo‘lga qo‘yish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasi Kinologiya klublari uyushmasi” va «Vatanparvar” ko‘ngilli itsevarlar jamiyati bilan hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu tashkilot va jamiyatlar tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmalarda kinolog xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari bilan ishtirok etishib, fahrli o‘rinlarni egallashib kelishmoqda.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaToshkent viloyati IIBB Kinologiya xizmatining asosiy vazifalaridan biri Toshkent viloyati shahar va tuman IIB bo‘linmalarini xizmat itlari bilan ta’minlashdan iborat.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
1/16
Toshkent viloyati IIBB Kinologiya xizmatining asosiy vazifalaridan biri Toshkent viloyati shahar va tuman IIB bo‘linmalarini xizmat itlari bilan ta’minlashdan iborat.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaXizmatda itlarning nemis ocharkasi, sharq yevropa ocharkasi, rus spaniyel, labrador (suratda) va belgiya ovcharkasi (malinua) zotlaridan foydalanib kelinadi.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
2/16
Xizmatda itlarning nemis ocharkasi, sharq yevropa ocharkasi, rus spaniyel, labrador (suratda) va belgiya ovcharkasi (malinua) zotlaridan foydalanib kelinadi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaItlar ko‘pam jahldor emas — ular faqatgina buyruq berilsagina o‘z vajohatini ko‘rsatishi mumkin. Terrorchilarni topishda dovurak va dahshatli Shvars, jinoyatchilarni ushlashda tushishda izquvar Zorro, narkotik moddalarni yashiringan joydan olib chiqishda spaniyel-Dinalarning mashg‘ulotlariga guvoh bo‘ldik.
Sentr kinologicheskoy slujbi UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
3/16
Itlar ko‘pam jahldor emas — ular faqatgina buyruq berilsagina o‘z vajohatini ko‘rsatishi mumkin. Terrorchilarni topishda dovurak va dahshatli Shvars, jinoyatchilarni ushlashda tushishda izquvar Zorro, narkotik moddalarni yashiringan joydan olib chiqishda spaniyel-Dinalarning mashg‘ulotlariga guvoh bo‘ldik.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaXizmat itlari portlovchi qurilmalar topish va giyohvand moddalarni topishga o‘rgatiladi.
Bitta itni u yoki bu sohaga o‘rgatish uchun olti oy vaqt sarflanadi. Ammo, kinologlarning aytishicha, jonivorning ko‘nikmasi to u "pensiya" yoshiga yetguniga qadar rivojlantirib boriladi.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
4/16
Xizmat itlari portlovchi qurilmalar topish va giyohvand moddalarni topishga o‘rgatiladi.
Bitta itni u yoki bu sohaga o‘rgatish uchun olti oy vaqt sarflanadi. Ammo, kinologlarning aytishicha, jonivorning ko‘nikmasi to u "pensiya" yoshiga yetguniga qadar rivojlantirib boriladi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZorro laqabli portlovchi moddalarni topishga o‘rgatilgan it ko‘z oldimizda o‘tlar ostiga yashirilgan mina mulyajini topdi. Portlovchi qurilmani aniqlagan "to‘rtoyoqli politsiyachi" o‘z egasiga o‘sha joyga yotib olgan holda "belgi berdi".
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
5/16
Zorro laqabli portlovchi moddalarni topishga o‘rgatilgan it ko‘z oldimizda o‘tlar ostiga yashirilgan mina mulyajini topdi. Portlovchi qurilmani aniqlagan "to‘rtoyoqli politsiyachi" o‘z egasiga o‘sha joyga yotib olgan holda "belgi berdi".
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaJonivorlar professional ko‘nikmaga yillar davomida bajariladigan mana shunday mashg‘ulotlar bilan erishadilar...
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
6/16
Jonivorlar professional ko‘nikmaga yillar davomida bajariladigan mana shunday mashg‘ulotlar bilan erishadilar...
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaItlarga buyruqlar og‘zaki yoki qo‘l ishorasi bilan (gapirish mumkin bo‘lmaganda) beriladi. Kinolog va xizmat iti hamisha birgalikda ishlaydilar, agar it xizmat jarayonida qandaydir ashyoviy dalilni topgan bo‘lsa, kinolog bu holatni muayan xatti-harakat (o‘tirish, akillash) orqaligina emas, hatto jonivor dumining likillashiga qarab bilib olishi mumkin.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
7/16
Itlarga buyruqlar og‘zaki yoki qo‘l ishorasi bilan (gapirish mumkin bo‘lmaganda) beriladi. Kinolog va xizmat iti hamisha birgalikda ishlaydilar, agar it xizmat jarayonida qandaydir ashyoviy dalilni topgan bo‘lsa, kinolog bu holatni muayan xatti-harakat (o‘tirish, akillash) orqaligina emas, hatto jonivor dumining likillashiga qarab bilib olishi mumkin.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaAytgancha, jahldorlik haqida: yoshligidan jahldor tabiatli itlar izquvarlik va portlovchi moddalarni topish uchun atay ajratib olinar ekan.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
8/16
Aytgancha, jahldorlik haqida: yoshligidan jahldor tabiatli itlar izquvarlik va portlovchi moddalarni topish uchun atay ajratib olinar ekan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaO‘yinqaroq itlar esa giyohvand moddalar topishga ko‘proq mos tushadi.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
9/16
O‘yinqaroq itlar esa giyohvand moddalar topishga ko‘proq mos tushadi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaGiyohvand moddalarni aniqlay oladigan itlarga narkotik moddalar beriladimi, degan savolga kinolog xodimlar qat’iy "yo‘q", deya javob berishdi. Ma’lum bo‘lishicha, jonivorlarga shunday ish uchun maxsus ishlab chiqarilgan sintetik moddalar beriladi. Moddalar hidi haqiqiy narkotik moddani eslatsa-da, ammo u narkotik hisoblanmaydi.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
10/16
Giyohvand moddalarni aniqlay oladigan itlarga narkotik moddalar beriladimi, degan savolga kinolog xodimlar qat’iy "yo‘q", deya javob berishdi. Ma’lum bo‘lishicha, jonivorlarga shunday ish uchun maxsus ishlab chiqarilgan sintetik moddalar beriladi. Moddalar hidi haqiqiy narkotik moddani eslatsa-da, ammo u narkotik hisoblanmaydi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKinologiya markazidagi har bir "to‘rt oyoqli" politsiyachi o‘z yotoq joyi, tibbiy xizmat, o‘qish, ish va ozuqa ko‘rinishidagi "maosh"ga ega.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
11/16
Kinologiya markazidagi har bir "to‘rt oyoqli" politsiyachi o‘z yotoq joyi, tibbiy xizmat, o‘qish, ish va ozuqa ko‘rinishidagi "maosh"ga ega.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaXizmat davomida jarohat olgan itlar markazning o‘zida davolanadi.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
12/16
Xizmat davomida jarohat olgan itlar markazning o‘zida davolanadi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaAlfa laqabli izquvar-it jinoyatchini topish bo‘yicha mashg‘ulotni qisqa muddatda uddaladi va hatto o‘z "o‘ljasini" oldiga solib olib ketdi.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
13/16
Alfa laqabli izquvar-it jinoyatchini topish bo‘yicha mashg‘ulotni qisqa muddatda uddaladi va hatto o‘z "o‘ljasini" oldiga solib olib ketdi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaItlar odatda sakkiz yil xizmat qilishadi. "Pensiya" yoshiga yetgan jonivorlarni kinologlar o‘zi bilan olib ketadilar.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
14/16
Itlar odatda sakkiz yil xizmat qilishadi. "Pensiya" yoshiga yetgan jonivorlarni kinologlar o‘zi bilan olib ketadilar.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaXizmat itlari olgan mukofotlar.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
15/16
Xizmat itlari olgan mukofotlar.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaToshkent viloyati IIBB Kinologiya xizmati.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
16/16
Toshkent viloyati IIBB Kinologiya xizmati.
Yangiliklar lentasi
0