Eron prezidenti Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishEron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy
Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasining yangi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar rahbarlaridan qutlovlar kelishda davom etmoqda

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasida 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda, deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy ham o‘z tabrik matubini yo‘llagan.

"O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga!

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekistonning yangi saylangan rahbari - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev qator davlat rahbarlari bilan telefonlashdi
Siz Janobi Oliylarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. Sizning saylanganingiz, Eron Islom Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumati a’zolarining ikki tomonlama aloqalar kun tartibidagi maqsadlar va vazifalarni hayotga tatbiq etish yo‘lidagi sa’y-harakatlari samara berishi uchun yaxshi fursat yaratadi, deya ishonaman.

Siz Prezident lavozimida faoliyat ko‘rsatadigan yangi davrda birgalikdagi harakatlarimiz sharofati bilan ikki tomonlama munosabatlar xalqlarimiz o‘zaro manfaatdorligi asosida oldingidan ko‘ra ko‘proq, kun sayin rivojlanishi hamda mintaqaviy va xalqaro tinchlik, xavfsizlik mustahkamlanishining shohidi bo‘lamiz, deb umid qilaman.
Xudovandi karimdan Siz Janobi Oliylariga sog‘lik-salomatlik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston hukumati, birodar va do‘st xalqiga tinchlik va farovon hayot tilab qolaman.

Hasan Ruhoniy, Eron Islom Respublikasi Prezidenti".

Yangiliklar lentasi
0