Putin Shavkat Mirziyoyevni Yangi yil bilan tabrikladi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishRossiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi
Rossiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Markaziy Osiyoda tinchlik va farovonlikni ta’minlash uchun O‘zbekiston bilan strategik hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga tayyor ekanligini bildirdi

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Rossiya yetakchisi Vladimir Putin qator davlat rahbarlariga Yangi yil bayrami arafasida tabrik telegrammasini yo‘lladi, deb xabar qilmoqda Krems matbuot-xizmati.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin Amerika xalqi va Trampni Yangi yil bilan tabrikladi
Rossiya prezidenti O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevga ham o‘z tabrigini yo‘lladi.

Kreml saytida berilgan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentiga yo‘llagan tabrigida Rossiya yetakchisi kengayib borayotgan siyosiy dialog haqida to‘xtalib o‘tgan hamda turli sohalarda olib borilayotgan ikki tomonlama hamkorlikni alohida ta’kidlagan.

Vladimir Putin shuningdek Markaziy Osiyoda tinchlik va farovonlikni ta’minlash uchun O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik hamkorlik munosabatlari kelgusida yanada mustahkamlanishiga umid bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0