Tramp yadroviy qurolsizlanish evaziga Rossiyadan sanksiyalarni olib tashlashga tayyor

© REUTERS / Mike SegarAQSh prezidenti Donald Tramp
AQSh prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Donald Tramp yadroviy qurollarni sezilarli darajada kamaytirish evaziga Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarning bir qismini olib tashlashi mumkinligini xabar qildi.

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Tramp yadroviy qurolsizlanish evaziga Rossiyaga qarshi kiritilgan  sanksiyalarning bir qismini olib tashlashga tayyor. Bu haqida u Britaniyaning Times va Germaniyaning Bild nashrlariga bergan intervyusida xabar qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

“Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar bor – qarab ko‘raylikchi, Rossiya bilan qanday bitimlar tuzish mumkin ekan. Mening fikrimcha, yadro quroli sezilarli darajada qisqartirilishi kerak”, — dedi Tramp.

Ayni damda Rossiya sanksiyalardan juda qiynalayotgan bo‘lsa-da, ushbu vaziyatni ko‘pchilik uchun foydali bo‘lgan yo‘l bilan hal qilish mumkin, dedi Tramp.

Oldingi chiqishlarida Tramp Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarni darhol bekor qilmasligini e’lon iqilgan edi. Uning fikriga ko‘ra, agar Amerikaning Rossiya bilan munosabatlari yaxshilansa va Rossiya AQShga yordam bera boshlasa, “agar ikkala ham tomon ajoyib ishlarni birgalikda bajarsa, unda sanksiyalarni saqlab qolishning nima keragi bor?”

Rossiya va AQSh munosabatlari 2014-yilda Ukrainadagi vaziyat tufayli keskin yomonlashgan edi. YeI mamlakatlari AQSh va Kanada avval ayrim shaxslarga nisbatan individual sanksiyalar kiritdi, keyin iqtisodning butun boshli sektorlariga qarshi sanksiyalar kiritildi. Bunga nisbatan Rossiya ham sanksiyalarga qo‘shilagn Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga qarshi cheklovchi choralar kiritgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0