AQSh Rossiyaning ichki ishlariga aralashishda davom etadi - Manoylo

© Foto iz lichnogo arxiva A. ManoyloAndrey Manoylo
Andrey Manoylo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspert AQShning Rossiyadagi 2018-yilgi saylov jarayoniga aralashuvi shu vaqtgacha bo‘lgan aralashuv kampaniyalaridan keskin farq qilishini ta’kidlamoqda

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Siyosiy fanlar doktori Andrey Manoylo Sputnik radiosi efirida AQSh qanday qilib Rossiyaning ichki ishlariga aralashishga intilishlari haqida gapirdi.

Vashingtondagi AQSh Kongressi binosi - Sputnik O‘zbekiston
AQSh "yaqin 30 kun ichida" Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishga va’da berdi
"Amerikaliklar Rossiya ishlariga aralashib kelgan va bundan keyin ham aralashishda davom etadi. Buning uchun ular prezident saylovlari va parlament saylovlaridan foydalanishadi. Rossiya Federatsiyasidagi saylovlardan ko‘pdan-ko‘p hollarda o‘zaro raqobatchi bo‘lgan respublikachilar va demokratlar partiyalari o‘rtasida xuddiki ping-pong sharigi sifatida foydalaniladi", — deb ta’kidlaydi ekspert.

Manoylo AQShning Rossiyadagi saylovlar jarayoniga aralashish bo‘yicha 2018-yildagi kampaniyasi bunga qadar bo‘lgan kampaniyalardan keskin farq qilishiga shubha qilmayapti.

"Bu dokladdan ham ko‘rinib turibdi. Ular Rossiyadagi erkin demokratik saylovlar institutini noqonuniy deb ko‘rsatishga, ya’ni  unga bo‘lgan ishonch yo‘qolganini ko‘rsatishga harakat qilishadi", — dedi ekspert. 

Manoylo bu nima uchun qilinayotganiga aniqlik kiritdi.

Aleksey Martinov - Sputnik O‘zbekiston
Ekpert Martinov AQSh qay tarzda MDH mamlakatlari ishiga aralashayotgani haqida
"Agar Rossiyadagi saylovlar instituti faoliyatini noqonuniy deb tan olish mumkin ekan, demak, saylovlar natijalari ham noqonuniy deb tan olinadi va, tabiiyki, G‘arb bahs-munozaralar orqali ushbu saylov jarayonida g‘olib chiqqan nomzodni tan oldirmaslikka harakat qiladi. Mana shundan so‘ng, amerikalik siyosatchilarga ko‘ra Rossiya Federatsiyasining har qanday qarorini u xoh BMT Xavfsizlik kengashida bo‘ladimi, umuman istalgan joyda, har qanday maydonda ochiqdan ochiq e’tibordan chetda qoldirish mumkin bo‘ladi, chunki bu qarorlar hukumat tepasiga noqonuniy yo‘l bilan kelgan rahbar tomonidan qabul qilingan bo‘ladi", — dedi siyosatshunos.

Yangiliklar lentasi
0