Mirziyoyev "Rosatom" bosh direktori Lixachovni qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s glavoy "Rosatoma"
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s glavoy Rosatoma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda o‘tgan yili imzolangan Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim doirasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi

TOShKENT, 30-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Rosatom" davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachovni qabul qildi, deb xabar berdi prezident matbuot-xizmati.

Emblema Rosatoma, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Rosatom O‘zbekiston bilan atom stansiyasini qurish masalasini muhokama qilmoqda

"Muzokarada fan va yuqori texnologiyalar sohasida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, ikki mamlakat ilmiy-tadqiqot institutlari va innovatsiya markazlari o‘rtasida, jumladan, o‘tgan yili imzolangan Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim doirasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi", - deyiladi xabarda.

Qo‘shma dastur va loyihalar doirasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

"Rosatom" davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachov samimiy qabul uchun O‘zbekiston rahbariga minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi rahbariyatining salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Rossiya ikki mamlakat va xalqlarning manfaatlari yo‘lida energetika sektorida keng ko‘lamli sheriklik va o‘zaro foydali ilmiy-texnologik hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdorligi va bunga tayyorligi alohida qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0