"ID" va "Al-Qoida" birlashishi mumkin, deb ogolantirmoqda ShHT

© YoutubeOtrad boyevikov IGIL
Otrad boyevikov IGIL - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sisoyev bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yilda terrorchilar qo‘lidan halok bo‘lgan va jarohatlanganlar soni butun dunyo bo‘yicha 33 ming kishini tashkil qiladi. 2014-yildan buyon jarblanganlar jami 152 ming kishidir. Har yil o‘rtacha 1600ta terakt amalga oshiriladi

TOShKENT, 31-may — Sputnik. "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi va "Al-Qoida" birlashishi mumkin, deb bayonot qildi Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqaviy antiterroristik tuzilmasi ijroiya direktori Yevgeniy Sisoyev Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida o‘tkazilgan antiterroristik formuda.

Amerikanskiy flag. Vashington - Sputnik O‘zbekiston
AQSh razvedkasi: "ID" xavfi tufayli Rossiyaning Markaziy Osiyoda mavqeyi mustahkamlanadi

"Prognoz qilinayotgan tahdidlar orasida, va bu tezkor holatning yangi elementi, "Islom davlati" va "Al-Qoida"ning yagona tarmoq doirasida o‘z terroristik salohiyatlarini birlashtirishlari istisnodan holi emas. Ular birgalikda o‘zlarining uyqudagi va faol yacheykalari bilan dunyodagi ko‘plab mamlakatlarni qurshab olishi mumkin", — dedi Sisoyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda ilgari Yaqin Sharqda jang qilgan jangarilarning kattagina soni joylashib olgan. Bugungi kunda ularning barchasi o‘z faoliyatini davom ettirishga tayyor. Bugungi kunda "ID" o‘z guruhlarini tayyorlab, Yevropa, Markaziy va Janubiy-Sharqiy Osiyo, Rossiyaga tashlamoqda. Sisoyevning ta’kidlashicha, guruhlar yirik megapolislarda tasodifiy nishonlarga xujum qilish taktikasini amaliyotda qo‘llamoqda. Bunda ular qo‘lbola vositalar, sovuq qurol, transportdan foydalanishmoqda. Shuningdek, terrorchilarning tarafdorlari onlay-mashg‘ulotlar o‘tishmoqda.

Boyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL) - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya TIV "Al-Qoida" va "Islom davlati" daromadlari haqida ma’lumot berdi

Sisoyev bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yilda terrorchilar qo‘lidan halok bo‘lgan va jarohatlanganlar soni butun dunyo bo‘yicha 33 ming kishini tashkil qiladi. 2014-yildan buyon jarblanganlar jami 152 ming kishidir. Har yil o‘rtacha 1600ta terakt amalga oshiriladi. Suriyada terrorizm o‘chog‘ini muvaffaqiyatli bostirish tirik qolgan jangarilarni o‘z manzilini o‘zgartirishga, ularning yetakchilarini esa — chet eldagi filiallarini faollashtirishga majbur qildi.

"Zamonaviy xavfsizlik tizimlari — Antiterror" Umumrossiya ixtisoslashtirilgan forumi Krasnoyarskda ochildi va 1-iyunga qadar davom etadi. Forum doirasida ko‘rgazma tashkil etilib, zamonaviy xavfsizlik tizimlari namoyish etilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0