Vladimir Putin 18-19 Oktabrda O‘zbekistonga keladi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin na sammite ShOS v Kitae
Prezident RF V. Putin na sammite ShOS v Kitae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin tashrifi doirasida Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya hududlararo hamkorlik forumi tashkil qilinadi.

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin oktabrda O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar qildi O‘zbekiston tashqi savdo vazirligi.

"Rossiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi 18-19 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu kunlarda Toshkentda birinchi Rossiya – O‘zbekiston hududlararo hamkorlik forumi ham tashkil qilinadi", - deyilgan xabarda.

Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi haqidagi dastlabki xabarlar bir necha oy oldin paydo bo‘lgan edi. Bu haqida Rossiya prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Xitoyda bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti vaqtida xabar qilgan edi.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 7-Sentabr kuni Moskvada Dmitriy Medvedev bilan uchrashib Rossiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifiga doir masalalarni muhokama qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0