O‘zbekiston Qobul va “Tolibon” muzokaralari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyor

© Sputnik / Tigran MegrabanRukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni o‘tkazish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishga tayyor.

TOShKENT, 5 fev – Sputnik.  O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov  BMT Bosh kotibining Maxsus vakili, BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi (UNAMA) rahbari Tadamichi Yamamotoni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmtai xabar qildi.

Vidi Moskvi - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada Afg‘oniston masalalari bo‘yicha anjuman o‘tkaziladi

Xabarda yozilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston bilan UNAMA o‘rtasidagi hamkorlikning, jumladan, Afg‘onistonda xavfsizlik va mustahkam rivojlanishni ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish sohalaridagi munosabatlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi.

“TIV rahbari O‘zbekiston tomonining tinchlik jarayonining har qanday bosqichida mamlakat hududida Afg‘oniston Hukumati va “Tolibon” harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni o‘tkazish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanligini bildirdi”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Ta’kidlanishicha, Tadamichi Yamamoto BMT va uning institutlari, xususan UNAMA, Afg‘onistonda tinchlik jarayonini boshlash va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi, infrastruktura loyihalarini amalga oshirish hamda uni mintaqaviy hamkorlikka jalb qilishga oid sa’y-harakatlari borasida prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligi ostida O‘zbekiston olib borayotgan izchil siyosatni ma’qullashini va qo‘llab-quvvatlashini bildirib o‘tdi.

Shuningdek, uchrashuvda umumiy kun tartibining boshqa masalalari ham muhokama qilindi. Xalqaro terrorizm, uyushgan transmilliy jinoyatchilik va narkotik moddalarning noqonuniy savdosidan kelib chiqayotgan jiddiy tahdidlar va xavf-xatarlarga qarshi kurashish uchun hamkorlikni mustahkamlashdan tomonlarning o‘zaro manfaatdorligi tasdiqlandi.

Yangiliklar lentasi
0