Mirziyoyev Sirdaryoga tashrif buyurdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 19-fevralya pribil v Sirdarinskiy rayon Sirdarinskoy oblasti
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 19-fevralya pribil v Sirdarinskiy rayon Sirdarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari bu yerda “Sirdaryo universal oyna” korxonasi faoliyati, farmatsevtika va oziq-ovqat tarmoqlari uchun shisha idishlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishmoqda.

TOShKENT, 19 fev - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 19-fevral kuni Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumaniga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev posetil Farishskiy rayon Djizakskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Bizning atom stansiyamiz boshqalardan ham yaxshi, sifatli va xavfsiz bo‘lishi kerak - prezident

Davlat rahbari bu yerda “Sirdaryo universal oyna” korxonasi faoliyati, farmatsevtika va oziq-ovqat tarmoqlari uchun shisha idishlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, tashrif davomida Xovos va Mirzaobod tumanlari, Yangiyer va Guliston shaharlariga borish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish sohalarida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.

Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati Forish tumaniga tashrif buyurib, atom elektr stansiyasini qurish uchun muhandislik tadqiqotlari olib borilayotgan maydonlardan birini ko‘zdan kechirgan edi. Shuningdek, prezident tashrifi doirasida Forish tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, turizm salohiyati va lalmi yerlardan samarali foydalanishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0