Tokayev Qozog‘iston tashqi siyosati o‘zgarmasligini ma’lum qildi

© Kazakh Presidential Press Service/Handout via REUTERS Kasim-Jomart Tokayev
Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston jo‘g‘rofiy joylashuvi va geoiqtisodiyoti tufayli ko‘pvektorli siyosat olib borishi lozim, degan Tokayev

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Ko‘pvektorli siyosat oldingidek Qozog‘iston diplomatiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi, deb bayonot qildi Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev "Yegemen Kazaxstan" va "Aykin" nashrlariga bergan intervyusida. 

Miting LDPR na Pushkinskoy ploshadi - Sputnik O‘zbekiston
Jirinovskiy Qozog‘iston uchun tez orada kurash boshlanishini prognoz qilmoqda

"Qozog‘istonning jo‘g‘rofiy joylashuvi va mamlakat geoiqtisodiyoti ko‘pvektorli siyosat olib borishni taqazo etadi. Bu ko‘p yillik strategik yo‘nalishdir. Qozog‘istonning birinchi prezidenti mustaqillikka erishilgan paytdan boshlab shu siyosatga tayanib ish yuritgan", - degan yangi davlat rahbari.

Siyosatchi, aynan shu strategiya Qozog‘istonga davlatlararo va regional inqirozlarga ro‘baro kelmaslikda yordam berganini eslatib o‘tdi. Aynan shu strategiya tufayli Qozog‘iston tinchlikparvar faoliyat olib boruvchi, tinch siyosatga ega davlat sifatida qabul qilinib kelmoqda.

"Qozog‘iston o‘z tashqi siyosatida Rossiya, Xitoy, Yevropa, AQSh, Markaziy Osiyo va islomiy davlatlar bilan hamkorlikka alohida e’tibor qaratadi. Qozog‘iston shuningdek, qator integrallashuv uyushmalar tashabbuskoridir. Shu yo‘nalishda izchillik saqlanib qoladi, bizning siyosatimiz o‘zgarmaydi", - deb qayd etgan Tokayev.

Qayd etib o‘tamiz, Kasim-Jomart Tokayev bir necha marotaba Qozog‘iston TIVga rahbarlik qilgan, shuningdek, BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Jenevadagi BMT bo‘limi Bosh kotibi va Qurolsizlantirish bo‘yicha anjumanda BMT Bosh kotibi vakili sifatida faoliyat yuritgan. Qurolsizlantirish bo‘yicha anjumanda Bosh kotib lavozimini egallagan. ShHT va MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi Raisi etib saylangan.

Qozoq, rus, xitoy, ingliz va fransuz tillarini mukammal biladi.

Yangiliklar lentasi
0