Mirziyoyev Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Vsemirnogo banka
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Vsemirnogo banka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari halok bo‘lganlarning yaqinlariga samimiy ta’ziya va hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayishlarini tilagan.

TOShKENT, 6-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskva shahrining "Sheremetyevo" aeroportida samolyotning favqulodda qo‘nishi oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubi yo‘lladi.

V Sheremetyevo zagorelsya passajirskiy samolet. Syemka ochevidsa - Sputnik O‘zbekiston
Sheremetyevo aeroportida "Aeroflot"ga qarashli samolyot yonib ketdi – video

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning yaqinlariga samimiy ta’ziya va hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayishlarini tiladi”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq Moskvadagi “Sheremetevo” aeroportida Murmansk shahriga ketayotgan Sukhoi Superjet 100 yo‘lovchi samolyoti favqulodda qo‘nishni amalga oshirayotgan vaqtda yonib ketgani haqida xabar qilingan edi. "Aeroflot"ga qarashli samolyot havoga ko‘tarilgandan birozdan keyin qo‘nishga ruxsat so‘ragan. Bunga samolyot qanotining yonayotgani sabab bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 41 nafar kishi halok bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0