Shavkat Mirziyoyev Andijonga jo‘nab ketdi

Obuna bo‘lish
Prezident hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishadi.

TOShKENT, 16-may -  Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, prezident hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishadi.

Shavkat Mirziyoyev posetil predpriyatie Listem-Fergana v gorode Fergane - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘qonda Hyundai bilan hamkorlikda elektromobillar ishlab chiqariladi

Shuningdek, tashrif chog‘ida avval berilgan topshiriqlar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish, yangi maqsad va vazifalarni belgilash rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 6-7 may kunlari Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida tumanlarga sanoatni olib kirish, aholini ish bilan ta’minlash va yoshlar masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Prezident shu maqsadlarga xizmat qiladigan korxonalar faoliyati bilan tanishib, yangi iqtisodiy loyihalarni belgiladi.

Mirziyoyev farg‘onaliklar qaysi sohalarda boy bo‘lishlari mumkinligini aytdi

Yangiliklar lentasi
0