Amerika Eronni tiz cho‘ktirishga urinmoqda – siyosatchi

© youtube/REGNUMStanislav Tarasov
Stanislav Tarasov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosatchi, Yaqin Sharq va Kavkaz mamlakatlari masalalari bo‘yicha ekspert Stanislav Tarasov Tehronning Fors ko‘rfazi mamlakatlariga o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risidagi shartnomani imzolash taklifiga izoh berdi.

Kuni kecha Eron Fors ko‘rfazi mamlakatlarini o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risidagi shartnomani imzolashga chaqirdi.

Islom Eron respublikasi TIV vaziri Muhammad Javad Zarif AQSh prezidenti Donald Tramp Fors ko‘rfaziga 1500 nafar harbiylarni olib kelishini e’lon qilgandan so‘ng ushbu tashabbus bilan chiqdi.

Eron qo‘shni davlatlarni hujum qilmaslik shartnomasi imzolashga chaqirdi

“1500 nafar harbiylar - bu uning yordamida harbiy bosqinchilik qilish mumkin bo‘lgan kontingent emas. Qayd etish joizki, bu ramziy ishoradir. Ayonki, amerikaliklarning harbiy tomondan siquvi zaiflashmoqda. Biroq ular boshqa usullar bilan harakat qilishmoqda. Mana 28-may kuni Saudiya Arabistonida Arab mamlakatlari rahbarlarining favqulodda majlisini bo‘lib o‘tadi. Ushbu sammitda Eronga qarshi qator sanksiyalarni kiritish taklif qilinadi. Aynan shu bois Zarif Bog‘dodga tashrif buyurib, “Hujum qilmaslik to‘g‘risida”gi shartnomani taklif qildi”, - dedi siyosatchi Sputnik radio efiri chog‘ida.

Tarasov Bog‘dod va Eron ittifoqdoshlari ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashganiga e’tibor qaratdi. Ammo bu loyihani Yaqin Sharqda yana kim ma’qullashi qorong‘u.

“Ehtimol, Iroq ushbu loyihani ilgari surish yoki Tehron va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashda vositachi sifatida ishtirok etish maqsadida o‘zining diplomatik imkoniyatlaridan foydalanadi”, - deya taxmin qiladi siyosatchi.

Shuningdek, Tarasovning fikriga ko‘ra, agar Eron va Yaqin Sharq mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risidagi shartnoma imzolansa – bu Nobel tinchlik mukofotiga arzigulik tarixiy yutuq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0