O‘zbekiston Senatiga yangi rais saylandi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaTanzila Narbayeva
Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tarixida ilk marotaba ayol kishi Senat raisi sifatida saylandi.

TOShKENT, 21-iyun - Sputnik.  Bugun, 21-iyun kuni Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida Senatning yangi raisi saylandi. Bu xaqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Shu kungacha Senatga raislik qilib kelgan Nig‘matilla Yo‘ldoshevning O‘zbekiston Bosh prokurori lavozimiga tayinlanishi munosabati bilan uning Senatdagi vakolati tugatildi.

Predsedatel Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nigmatilla Yuldashev - Sputnik O‘zbekiston
Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston Bosh prokurori etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq prezident Shavkat Mirziyoyevning taqdimnomasiga asosan Senat Raisi lavozimiga Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida ishlab kelgan Tanzila Kamalovna Norboyevaning nomzodi ilgari surildi.

Ko‘pchilik ovoz bilan Tanzila Norboyeva Senatning yangi Raisi etib saylandi.

Tanzila Norboyeva muqaddam Vazirlar Mahkamasida ishlagan, 2010-2016 yillarda O‘zbekiston Kasaba-uyushmalari federatsiyasiga raislik qilgan. U 2016-yilning dekabridan buyon O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida ishlab kelayotgan edi. 

T. Norboyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-iyundagi PF-5749-son Farmoniga asosan Oliy Majlis Senati a’zoligiga qabul qilingan edi.

Shunday qilib, O‘zbekiston tarixida ilk marta Senatga ayol kishi rais etib saylandi.

Yangiliklar lentasi
0