AQSh Afg‘onistonda Rossiyaga qarshi katta kuch yarata olmaydi - ekspert

© AFP 2023 / Noorullah Shirzada Boyeviki gruppirovki Taliban. Arxivnoe foto
Boyeviki gruppirovki Taliban. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Rossiya bilan Xitoyni Afg‘onistonda to‘qnashtirishni orzu qilmoqda – ekspert fikri.

TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. Rossiya Fanlar akademiyasining Xavfsizlik muammolari markazi mutaxassisi Konstantin Bloxin fikriga ko‘ra, AQSh Rossiya bilan Xitoyni Afg‘onistonda to‘qnashtirishni orzu qilmoqda.

Yaqinda AQShning The Wall Street Journal nashrida e’lon qilingan maqolalardan birida AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan chiqarganidan so‘ng, Rossiya va Xitoy manfaatlari u yerda  to‘qnashishi mumkinligia haqida so‘z yuritilgan edi.

“Bunday maqolalar paydo bo‘lishidan maqsad – aynan AQShning ikki yirik raqibi bo‘lgan Rossiya va Xitoyni to‘qnashtirish va aynan YevroOsiyo hududida”, - deydi ekspert.

Bloxin aytishiga qaraganda, oldin AQShlik mutaxassislar Afg‘oniston hududidan ham Rossiya ham Xitoyga bosim o‘tkazish uchun foydalanishni maqsad qilgan edi. Lekin bugungi kunda AQSh ushbu notinch mamlakatda o‘z ta’sirini kamaytirishga majbur bo‘lmoqda. Sekin-asta ular Afg‘onistondan chiqib ketishga majbur bo‘lishadi, lekin keta turib ham ular bu yerda “sekinlashtirilgan mina” qo‘yib ketishga harakat qilishi mumkin.  Umuman ko‘plab amerikalik mutaxassislar uchun Rossiya bilan Xitoyni urishtirish g‘oyasi – “ideya fiks” bo‘lib qolgan.    

Rossiyalik ekspert fikriga ko‘ra, AQSh qanchalik harakat qilmasin, ushbu hududda Rossiyaga qarshi sezilarli kuch yarata olmaydi. Chunki ushbu hudud mamlakatlarini Rossiya bilan ko‘plab aloqa rishtalari va manfaatlar bog‘lab turibdi.

Yangiliklar lentasi
0