Shavkat Mirziyoyev Minskda G‘alaba monumentiga gulchambar qo‘ydi

© press-slujbaShavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k monumentu "Pobeda" v Minske
Shavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k monumentu Pobeda v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘alaba monumentiga gulchambar qo‘yilganidan so‘ng harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi va faxriy qorovulning tantanali marshi bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Bugun erta tongdan Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi boshlandi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston prezidenti, an’anaga muvofiq, Belarus poytaxtidagi G‘alaba monumentiga gulchambar qo‘ydi. Shundan so‘ng harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul askarlarining tantanali marshi bo‘lib o‘tdi.

© Press-slujbaShavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k monumentu "Pobeda" v Minske
Shavkat Mirziyoyev Minskda G‘alaba monumentiga gulchambar qo‘ydi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k monumentu "Pobeda" v Minske

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Minskka kecha yetib kelgan edi. Kecha kechqurun “Zaslavl” davlat qarorgohida O‘zbekiston va Belarus prezidentlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Unda prezidentlar o‘zaro sovg‘a almashib so‘ng suhbat qurishgan edi.

Prezident tashrifning asosiy voqealari 1-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Mustaqillik saroyida O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari tor va keng doirada muzokaralar o‘tkazadi.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti imzolanishi, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, prezidentlar Minskda ochilgan O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasiga tashrif buyuradilar. Tashrif dasturidan Belarus yuqori texnologiyalar parki faoliyati bilan tanishish ham o‘rin olgan.

© Press-slujba Monument Pobeda v Minske
Shavkat Mirziyoyev Minskda G‘alaba monumentiga gulchambar qo‘ydi - Sputnik O‘zbekiston
Monument Pobeda v Minske
Yangiliklar lentasi
0