Mirziyoyev va Lukashenko o‘zaro sovg‘a almashdi

© Press-slujba prezidenta BelarusiPrezident Belarusi Aleksandr Lukashenko prinyal Shavkata Mirziyoyeva v zagorodnoy rezidensii "Zaslavl"
Prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko prinyal Shavkata Mirziyoyeva v zagorodnoy rezidensii Zaslavl - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Norasmiy uchrashuv Mirziyoyev Lukashenkoga o‘tgan yili O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida sovg‘a qilgan o‘yma naqshli shiyponchada o‘tkazildi.

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev va  Aleksandr Lukashenko norasmiy uchrashuvni uning “Zaslavl” davlat qarorgohida o‘tkazildi, deb xabar qildi Belarus prezidenti matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, davlat rahbarlari qarorgoh hududini sayr qildi, so‘ng sovg‘alar almashdi.

© Press-slujba prezidenta BelarusiAleksandr Lukashenko i Shavkat Mirziyoyev na fone reznoy besedki v rezidensii "Zaslavl"
Mirziyoyev va Lukashenko o‘zaro sovg‘a almashdi - Sputnik O‘zbekiston
Aleksandr Lukashenko i Shavkat Mirziyoyev na fone reznoy besedki v rezidensii "Zaslavl"

Lukashenko o‘zbekistonlik hamkasbiga “Belarus” pannosi va milliy ko‘ylak, uning kichik o‘g‘li Nikolay esa zubr haykalchasini taqdim etdi.

Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidentiga xokkeychi haykalchasini sovg‘a qildi.

Prezidentlar norasmiy sharoitda suhbat qurdi. Buning uchun joy sifatida Shavkat Mirziyoyev Lukashenkoga o‘tgan yili O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida sovg‘a qilgan o‘yma naqshli shiyponcha tanlandi.

Yangiliklar lentasi
0