Yaponiya Kuril orollarida mashg‘ulot o‘tkazgani uchun Rossiyaga protest bildirdi

© Sputnik / Andrey Shapran / Mediabankka o‘tishSkali misa Stolbchatiy na ostrove Kunashir
Skali misa Stolbchatiy na ostrove Kunashir - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va Yaponiya muloqotiga tinchlik kelishuvi yo‘qligi uzoq yillardan buyon soya solib keladi.

TOShKENT, 5 avg - Sputnik. Yaponiya Kunashir orolida o‘q otish mashg‘ulotlarini o‘tkazgan Rossiyaga diplomatik kanal orqali protest bildirdi, deb xabar qildi Vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga. RIA Novosti xabari asosida.

Ostrov Shikotan - Sputnik O‘zbekiston
Kuril orollaridagi Rossiya bayrog‘i tushirilmaydi - Putin

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tokio beshinchi avgustdan o‘ninchiga qadar o‘tkaziladigan manyovrlar haqida ma’lumot to‘plamoqda.

"Rossiya shimoliy sarhadlarda o‘z harbiy salohiyatini kuchaytirayotgani bizning pozitsiyamizga to‘g‘ri kelmaydi va bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi", - deb qayd etgan Suga.

Ilgariroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Yaponiya Rossiyaning Janubiy Kurillarda harbiy faolligi tufayli bildirgan tashvishiga javoban, qurollangan kuchlar o‘z hududida harakat qilishayotgani haqida gapirgan edi.

Kuril masalasi

Rossiya va Yaponiya muloqotiga tinchlik kelishuvi yo‘qligi uzoq yillardan buyon soya solib keladi.

Yaponiya 1855-yildagi savdo va chegaralar to‘g‘risidagi traktatga tayanganib Kunashir, Shikotan, Iturup va Xabomai orollariga da’vogarlik qilib kelmoqda. Tokioga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushidan keyin imzolanmagan tinchlik bitimi faqatgina shu orollar qaytarilgach imzolanishi mumkin.

Moskva pozitsiyasiga ko‘ra, janubiy Kuril orollari Ikkinchi jahon urushi yakunlari bo‘yicha SSSR tarkibiga kirgan va tegishli xalqaro-huquqiy hujjat mavjudligi bois, Rossiyaning ushbu orollar ustidan suvereniteti shubha ostiga olinishi mumkin emas.

2018-yil noyabrda Singapurda Vladimir Putin va Sindzo Abe uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar 1956-yilgi Qo‘shma deklaratsiya asosida muzokara jarayonini tezlashtirishga kelishdilar, bu esa Yaponiya tomoni ushbu masalada jiddiy yon bosganligini anglatadi.

Yangiliklar lentasi
0