Andijon shahar hokimi lavozimidan ozod etildi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPidjak na kresle
Pidjak na kresle - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dilmurod Rahmatullayev 2017-yilning kuzida Andijon shahridagi qator ta’lim muassasalarining rahbarlarini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgani tasvirlangan audioyozuvlar tarqalib ketganidan keyin internetda mashhur bo‘lgandi.

TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, 26-avgust kuni Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ishtirokida Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan.

Prokuratura - Sputnik O‘zbekiston
Andijon hokimligi ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘ygan – Bosh prokuratura

Sessiyada tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilib, shu kunga qadar Andijon viloyati hokimligi Moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Haydarov Bahromjon vaqtincha Andijon shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Dilmurod Rahmatullayev 2016-yildan buyon Andijon shahriga hokimlik qilib kelayotgandi. Hokim 2017-yilning kuzida Andijon shahridagi qator ta’lim muassasalarining rahbarlarini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgani tasvirlangan audioyozuvlar tarqalib ketganidan keyin internetda mashhur bo‘lgandi. Sud qarori bilan eng kam ish haqining 30 barobari miqdorida jarimaga tortilgandi.

Shundan so‘ng u 2018-yilning aprelida o‘tkazilgan videoselektorda shahar ko‘chalarini obodonlashtirish uchun budjet tashkiloti xodimlari, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini tadbirkorlardan gul va daraxt ko‘chatlarini ancha qimmat narxga sotib olishga majburlagani uchun bosh vazir tomonidan hayfsan olgan hamda oxirgi marotaba ogohlantirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0