Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

TOShKENT, 5 sen - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Prezidentning xorijga safariga tayyorgarlik ko‘rish masalasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzaqov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda muhokama qilindi.

Premyer-ministr RF D. Medvedev prinyal uchastie v Pervom Kaspiyskom ekonomicheskom forume - Sputnik O‘zbekiston
Medvedev Aripovga: tez-tez uchrashib turibmiz va bu yaxshi

“Shuningdek, tegishli idoralar va vazirliklar rahbarlari Rossiya Federatsiyasiga yuqori darajadagi tashrifga tayyorgarlik ko‘rishda: yuqori rentabellik va milliy iqtisodiyotning kompleks rivojlanishi uchun ahamiyatli yangi loyihaviy takliflarni tayerlash maqsadini ilgari surgan holda o‘zlariga asosiy vazifalarni belgilab oldilar”, - deyiladi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabarida.

Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev Urganch bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma komissiyasining birinchi yig‘ilishida mamlakat maqsadlaridan biri O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini 10 mlrd $ gacha yetkazish ekanini ma’lum qilgan edi.

Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin Shavkat Mirziyoyevning tashrifi 2019-yil oxirida amalga oshishi mumkinligini ta’kidlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0