O‘zbekiston va Gruziya TIV rahbarlari hamkorlik masalalarini muhokama qildilar

© MFA of Georgia / FacebookMinistr inostrannix del Gruzii David Zalkaliani
Ministr inostrannix del Gruzii David Zalkaliani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlar ikki tomonlama hamkorlik institutlari faoliyatini va turli shakllardagi aloqalarni faollashtirish zarurligini qayd etdilar

TOShKENT, 11 sen - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Gruziya Tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot-xizmati.

Kak turisti iz Rossii grabat Gruziyu - video - Sputnik O‘zbekiston
Gruziya ko‘plab turistlar va pullarni yo‘qotmoqda - video

"Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi", - deyiladi xabarda.

Vazirlar ikki tomonlama hamkorlik institutlari faoliyatini va turli shakllardagi aloqalarni faollashtirish zarurligini qayd etdilar. 

Uchrashuvda dolzarb xalqaro masalalar, jumladan BMT va boshqa tashkilotlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralarda Gruziya Elchisi Zurab Andushelishvili ham ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0