Matviyenko Shavkat Mirziyoyevning Rossiya tashrifi tafsilotlarini ma’lum qildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel zasedanie Sovbeza RF
Prezident RF V. Putin provel zasedanie Sovbeza RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning fevral oyida Rossiyaga tashrif buyurishi kutilmoqda. . Tashrif davomida 12 ta yangi davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 2 okt - Sputnik. Rossiya Federal majlisi federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko Shavkat Mirziyoyevning 2020-yilning fevral oyida Rossiyaga tashrif davomida nimalar rejalashtirilayotgani ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev pered nachalom gala-konserta po sluchayu provedeniya zasedaniya Soveta glav gosudarstv-chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS). - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga qachon borishi ma’lum bo‘ldi

“Biz hozir kelgusi yilning fevral oyi boshida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan O‘zbekiston prezidenti tashrifiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Tashrif davomida 12 ta yangi davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlar imzolanishi kutilmoqda”, - dedi Matviyenko O‘zbekiston Oliy Majlisi senati raisi Tanzila Norboyeva bilan bo‘lgan uchrashuvda.

Matviyenko ushbu tashrif doirasida birinchi Rossiya-O‘zbekiston gumanitar forumi bo‘lib o‘tashini qayd etdi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning fevral oyida Rossiyaga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0