Mirziyoyev Tojikiston Oliy Majlisi vakillar palatasi raisini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 7-oktabrya prinyal delegatsiyu Respubliki Tadjikistan vo glave s predsedatelem Madjlisi Namoyandagon Madjlisi Oli etoy strani Shukurdjonom Zuxurovim.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 7-oktabrya prinyal delegatsiyu Respubliki Tadjikistan vo glave s predsedatelem Madjlisi Namoyandagon Madjlisi Oli etoy strani Shukurdjonom Zuxurovim. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Oliy Majlisi vakillar palatasi raisi Shukurjon Zuhurov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

TOShKENT, 8 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisi Shukurjon Zuhurov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat rahbari mehmonlarni qutlar ekan, oliy darajadagi o‘zaro ishonchga asoslangan muntazam muloqot ikki tomonlama hamkorlikni misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarishga xizmat qilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oliy martabali mehmon, o‘z navbatida, prezidentga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mirziyoyev i Raxmon proveli peregovori v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan muborakbod etdi

Uchrashuvda o‘zaro aloqalar barcha darajalarda faollashgani qayd etildi.

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, sanoat, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Chegaradosh hududlar o‘rtasida, madaniy-gumanitar sohada almashinuvlar kengaymoqda. Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashga muhim ahamiyat qaratilmoqda. 

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida qo‘mitalar va parlamentlararo guruhlar darajasida yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv so‘ngida Shukurjon Zuhurov Tojikiston parlamenti qardosh mamlakatlar va xalqlar manfaatlari yo‘lida do‘stlik va strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga har tomonlama ko‘maklashishga tayyor ekanini bildirdi.

Tojikiston Oliy Majlisi vakillar palatasi raisi joriy yil dekabr oyida mamlakat parlamentiga saylovlar muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

Yangiliklar lentasi
0