Putin "ibtidoiy rusofoblarning" rus tilini yo‘q qilishga urinishi haqida gapirdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishYejegodnaya bolshaya press-konferensiya prezidenta RF V. Putina
Yejegodnaya bolshaya press-konferensiya prezidenta RF V. Putina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya yetakchisi u yoki bu davlatning ta’siri bugun qurol bilan emas, iqtisod bilan o‘lchanishini qo‘shimcha qildi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, iqtisod "nafas olsa", mamlakat - rivojlansagina "madaniyat sohasidagi yutuqlar ham boshqacha jilolana boshlaydi".

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Rossiya rus tili maydonini sun’iy ravishda, o‘ta qo‘rslik va surbetlik bilan qisqartirishga urinish holatlariga to‘qnash kelmoqda, deb bayonot qildi Vladimir Putin.

Faxritdin Abduraxmanov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zDJTU dekani O‘zbekistonda rus tili haqida: holat abgor emas, lekin murakkab

Davlat rahbarining aytishicha, rus tiliga nisbatan urush nafaqat "ibtidoiy rusofoblar", balki agressiv millatchilar tomonidan ham e’lon qilinmoqda, ba’zi bir davlatlarda esa rus tiliga qarshi urush hatto davlat siyosatiga aylangan.

"Buning ortida — bu aniq va ravshan bo‘lishi kerak — yana o‘sha bosim turibdi, bu inson huquqlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzilishi, shu jumladan, ona tiliga, madaniyatga va tarixiy xotiraga bo‘lgan huquqlarning poymol etilishidir", - dedi Putin.

Shu bilan birga, prezident, rus tilini kuchli qurol deb atamaslikka da’vat qildi.

"Chunki agar uni qurol deb olsak, u holda til bilan xuddi qurolga qarshi turgandek kurasha boshlaydilar. Tilga qarshi shundoq ham kurash olib borilmoqda, faqat boshqa maqsadlarda", — dedi u rus tili bo‘yicha kengashi yig‘ilishida.

Rossiya yetakchisi u yoki bu davlatning ta’siri bugun qurol bilan emas, iqtisod bilan o‘lchanishini qo‘shimcha qildi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, tilga bo‘lgan e’tibor Rossiyaning jahondagi ta’siriga bevosita aloqador: iqtisod "nafas olishni", mamlakat esa - rivojlanishni boshlasa, "madaniyat sohasidagi yutuqlar ham boshqacha jilolana boshlaydi".

Posol Rossii v Uzbekistane Vladimir Turdenev - Sputnik O‘zbekiston
SSSR davridan beri O‘zbekistondagi rus tili o‘qituvchilari dovrug‘i baland - Turdenev

"Bu bo‘lmas ekan - ming urining, (tilga qiziqish ham) bo‘lmaydi. Agar bizda yana ikki-uch Tolstoy va to‘rt nafar Pushkin paydo bo‘lsa ham. Shunchaki, tarjima qilishlari mumkin, xolos. Bu yuz foiz... Agar davlat qudratli, kuchli, jozibador bo‘lsa - rus tilini o‘rganishadi", - deb ta’kidladi u.

Prezident shuningdek, Rossiya iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirayotgan barcha davlatlarda rus tiliga e’tibor kuchayganini payqash mumkinligini qayd etdi.

Bundan tashqari, "instrument"ning o‘zi - til - "lozim holatda" bo‘lishi kerakligi, buning uchun lingvistikaga oid huquqiy normalarni takomillashtirish zarurligi, lekin ular inqilobiy bo‘lishi kerak emasligi, punktuatsiya va orfografiyani beo‘xshov soddalashtirib yubormasligi kerakligi ta’kidlandi.

Putin Rossiya zimmasida rus tili va adabiyotini saqlash, rivojlantirish va ommalashtirish singari "ulkan mas’uliyat" yotganini qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0