Mirziyoyev O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni bekor qildi

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunga imzo chekdi.

TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunga imzo chekdi.

O‘zgartishlarga muvofiq chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekistonda vaqtincha bo‘lish qoidalarini buzganligi uchun javobgarlik bekor qilinadi.

“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 224-moddasi chiqarib tashlansin”, - deyiladi hujjat matnida.

Bu modda O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutar edi.

Ushbu o‘zgartishlar bilan mazkur ma’muriy qoidabuzarlikni sodir etganlik uchun jarima miqdori ham kamaytirilgan – eng kam ish haqining besh baravaridan 20 baravarigacha.

Sostoyalas vstrecha predsedatelya Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Tanzili Narbayevoy s chlenami Parlamenta Respubliki Kazaxstan. - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolarining bo‘lish muddati uzaytirilishi mumkin

O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs belgilangan jarimani to‘lamasa, uning O‘zbekistonga kirish huquqi bir yil muddatga cheklanadi va u mamlakat hududidan chiqarib yuboriladi.

Ushbu qoidabuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa,  chet el fuqarosining O‘zbekistonga kirish huquqi uch yil muddatga cheklanadi va u mamlakat hududidan chiqarib yuboriladi.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 30-sentabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019-yil 11-oktabrda ma’qullangan. Ma’lum qilinishicha, mazkur qonunning qabul qilinishi mamlakatning turistik salohiyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan islohotlarni to‘la-to‘kis yuritilishiga huquqiy kafolat yaratadi.

Yangiliklar lentasi
0