Rossiyada turib O‘zbekiston deputatlarini saylash imkoniyatlari muhokama qilindi

© Dunyo AARFdagi O‘zbekiston saylov uchastkalari
RFdagi O‘zbekiston saylov uchastkalari  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil 22-dekabrdagi parlamentga bo‘ladigan saylovda Rossiyadagi o‘zbekistonliklarning qatnashishlari uchun RFning turli mintaqalarida saylov uchastkalari tashkillashtiriladi.

TOShKENT, 8 noyab - Sputnik. Xalqaro matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Dispetcher v call-sentre - Sputnik O‘zbekiston
"Markaziy saylov komissiyasi eshitadi"
Tadbirda, jumladan Rossiya Federatsiyasida ochilgan saylov uchastkalari faoliyatini tashkil etish va OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov RFda tuzilgan saylov uchastkalari faoliyatini tashkil etish va Rossiyadagi o‘zbekistonliklarning saylovda ovoz berish huquqini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil axborot berdi.

“Rossiyadagi saylov uchastkalari soni 2016-yilgi saylovdagiga nisbatan 5 taga ko‘paygan va bugungi kunda 7 tani tashkil etmoqda”, - dedi diplomatik missiya rahbari.

Ushbu uchastkalar Moskva, Sankt Peterburg, Vladivostok, Yekaterinburg, Novosibirsk, Rostov-Don va Qozon shaharlarida joylashgan.

Yangiliklar lentasi
0