Parlament saylovlarida xorijiy kuzatuvchilarning qatnashishiga doir

Obuna bo‘lish
Xalqaro kuzatuvchilarning maqomi va vakolatlari, odob-ahloq qoidalari, ularning huquq va majburiyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

TOShKENT, 8 noyab - Sputnik. Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida okrug saylov komissiyasi a’zolari ishtirokida kuzatuvchilarning saylov jarayonida tutgan o‘rni yuzasidan seminar-trening tashkil etildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazi xabar qiladi.

Videaloqa shaklida bo‘lib o‘tgan mashg‘ulot Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi vakili xalqaro ekspert Georgiy Baratashvili ishtirokida olib borildi.

RFdagi O‘zbekiston saylov uchastkalari  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada turib O‘zbekiston deputatlarini saylash imkoniyatlari muhokama qilindi

Tadbirda ta’kidlanishicha, Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasini e’lon qilishi bilan xalqaro tashkilotlarga, bir qator xorijiy mamlakatlarga saylovni kuzatishda ishtirok etish uchun Tashqi ishlar vazirligi orqali taklifnoma yuborgan. Ularning qatorida YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi, YeXHT parlament assambleyasi, Mustaqqil davlatlar hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi va Parlamentlararo assambleyasi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi,  shuningdek 26 ta xorijiy mamlakatlar saylov organlari, chet davlatlar parlamenti a’zolari, ilmiy-tadqiqiqot institutlari vakillari kabilar qayd etilgan.

Qatnashchilarga O‘zbekiston Saylov kodeksining 33-moddasiga muvofiq, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda xorijiy kuzatuvchilar qatnashish huquqiga ega ekanligi eslatib o‘tildi.

Ta’kidlash joiz, Markaziy saylov komissiyasining yangi qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risida” Nizom qabul qilinib, respublika saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar faoliyati tartibi belgilab berilgan.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga ko‘ra, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar tegishli hujjatlarni ovoz berish kunidan kamida 15 kun oldin TIVga taqdim etishi lozim bo‘lib, vazirlik kuzatuvchilarning hujjatlarini ilova qilgan holda MSKga taqdimnoma kiritadi. MSK o‘z navbatida 5 kunlik muddatda xalqaro kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Yangiliklar lentasi
0