Iqtisodiyot, xavfsizlik va Afg‘oniston: Eldor Tulyakov Samarqandda Valday klubi haqida

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaEldor Tulyakov: klub "Valday" v Samarkande - znakovoe sobitie
Eldor Tulyakov: klub Valday v Samarkande - znakovoe sobitie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy Majlis deputati Eldor Tulyakov “Valday” klubining Osiyo anjumani O‘zbekiston uchun qanday mohiyatga ega ekanligi haqida so‘zlab berdi.

TOShKENT, 11 noya – Sputnik. Eldor Tulyakov hozirda respublikaning iqtisodiyoti rivojlanishi nafaqat mamlakat ichida, balki chet elda ham rivojlanayotgani haqida Sputnik O‘zbekiston muxbiriga so‘zlab berdi.

Mujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
SSSR qulaganidan keyin yo‘qotilgan ulkan iqtisodiy bazani tiklamoqchimiz – Kupriyanov

Hozirgi kunda O‘zbekiston uchun asosiy tamoyillar ochiqlik va shaffoflik bo‘lganligi sababli, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida qiziqish uyg‘otmoqda. Uzoq vaqt davomida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan Rossiya Federatsiyasi bundan mustasno emas.

“Mamlakatlarimizni ko‘p narsa bog‘laydi, shu jumladan umumiy o‘tmishimiz ham”, - deydi Tulyakov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda bu tadbir – muhim voqea, chunki Rossiya va O‘zbekiston ekspertlari ilk bor bunday formatda yig‘ilishdi. Eng asosiysi, ikkala davlat bunday tashabbusni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Ekspert ta’kidlashicha, har ikki tomonning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda hamkorlikning hozirgi holati va kelgusidagi istiqbollari hisobga olgan holda ko‘plab takliflar ishlab chiqiladi.

Ayni paytda O‘zbekiston uchun ishlab chiqarish, madaniyat va ta’limni rivojlantirish uchun ilg‘or texnologiyalar muhim.

“Fizika va matematika sohasidagi Rossiya ta’limining darajasi dunyoda qanchalik qadrlanishini barchamiz bilamiz. Shuning uchun hozirda O‘zbekistonda Rossiyaning ko‘plab universitetlarining filiallari ochilgan. Rossiya - O‘zbekistonda ochilgan xorijiy o‘quv muassasalari soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi”, - deb ta’kidladi deputat.

Tadbirda respublikaning turli xalqaro hamjamiyatlarga qo‘shilishi haqida fikr almashildi.

O‘z navbatida O‘zbekiston YaIMda sanoat ulushining ko‘paytirilishiga manfaatdor.  

Shavkat Mirziyoyev vo vremya vstrechi s predstavitelyami Vsemirnogo banka - Sputnik O‘zbekiston
Valday klubi ishtirokchilariga Shavkat Mirziyoyevning murojaatnomasi

Hozir mamlakatda mashinasozlik, tog‘-kon metallurgiya sanoati rivojlanmoqda, zavob va fabrikalar modernizatsiya qilinmoqda. Rossiya Federatsiyasi modernizatsiya qilish va yangi texnologiyalarni joriy etishda ko‘mak berishi mumkin.

Tulyakov mamlakat va mintaqa xavfsizligini esdan chiqarish kerak emasligini aytdi.

“Har safar O‘zbekiston mamlakat xavfsizligi haqida gapirganda, biz qo‘shni davlatlar, shu jumladan Afg‘onistondagi tinchlik masalalariga to‘xtalamiz”, - deb aniqlik kiritdi dupetat.

Shuningdek, axborot xavfsizlik muhim. Zamonaviy dunyoning yangi tahdidlariga birgalikda javob berish kerak.

O‘zbekiston uchun taraqqiyotning barcha sohalarida strategik rejalashtirish juda muhimdir. Mamlakat qonunchilik islohotlarini yoki amaliyotini takomillashtirishdan oldin turli sohalardagi eng yaxshi xalqaro tajribani o‘rganmoqda.

“Valday” klubi doirasidagi muhokama esa, o‘ylaymanki, uzoq muddatli rejalashtirishning asosini tashkil etadigan takliflarni ishlab chiqishga xizmat qilishi kerak, ayniqsa O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarida”, - deb xulosa qildi Eldor Tulyakov.

Yangiliklar lentasi
0