O‘zbekiston mehnat huquqlari buzilishi yuzasidan AQShdagi eshittirishlarda yutib chiqdi

© Sputnik / Denis AbramovSbor urojaya xlopka v Stavropolskom krae
Sbor urojaya xlopka v Stavropolskom krae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qayta ko‘rib chiqish jarayonining yopilishi bilan bog‘liq qarorda respublikada intellektual mulk muhofazasi bo‘yicha huquqiy rejimni yaxshilash yo‘lida ko‘rilgan choralar hisobga olingan.

TOShKENT, 11 noya - Sputnik. AQSh prezidenti ijroiya apparati huzuridagi savdo vakilining ofisi (USTR) O‘zbekistonga nisbatan Preferensiyalar bosh tizimini (PBT) qo‘llanilishi masalasi ko‘rib chiqiladigan eshittirishlar tajribasini to‘xtatayotganini e’lon qildi, xabar qiladi TIV.

“Tomonlar taqdim etgan asos va dalillar hamda materiallar ko‘rib chiqilishi natijasida, AQSh savdo vakilining ofisi O‘zbekistonga nisbatan bojsiz savdo rejimini qo‘llanilishini saqlab  qolish hamda intellektual mulk masalasi bo‘yicha eshittirishlarni to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qildi”, - deyiladi xabarda.

USTR sharhlarida qayd etilishicha, qayta ko‘rib chiqish jarayonining yopilishi bilan bog‘liq qarorda respublikada intellektual mulk muhofazasi bo‘yicha huquqiy rejimni yaxshilash yo‘lida ko‘rilgan muhim choralar hisobga olingan. Jumladan, O‘zbekiston 1971-yilgi Fonogramma ishlab chiqaruvchilari manfaatlarini himoya qilish konvensiyasiga, Butunjahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi va 1996-yilgi ijro etish va fonogrammalar to‘g‘risidagi shartnomalarga qo‘shildi.

XMT rahbari: O‘zbekistonning mehnat qonunchiligi xalqaro normalarga intilmoqda

Ofis vakillari qayd etilgan konvensiyalarning davomiy tatbiq etilishi yuzasidan hamda mualliflik huquqlarini himoya qilishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqilishiga umid bildirib qolishdi.

AQSh prezidenti ma’muriyati vakillari ayni vaqtda muallifilik huquqlarning himoyalanishi masalasiga respublikada eng yuqori darajada e’tibor qaratilayotganini, intellektual mulk sohasida Markaziy Osiyo bo‘yicha Ishchi guruhining tashkil etilishida O‘zbekistonning qo‘llab-quvvatlab, har tomonlama ko‘maklashayotganini tan olmoqda.

AQSh yirik brendlari o‘zbek tekstilini boykot qilmoqda, O‘zbekiston vaziyatni o‘nglamoqchi

“Fikrimizcha, respublikada intellektual mulk huquqlarining himoya qilinishida ijobiy o‘zgarishlarning guvohi bo‘lmoqdamiz. Bu burilish yasaydigan muhim voqeadir. Ijobiy faoliyat tajribasiga asoslangan holda O‘zbekiston bilan ishni davom ettirishni xohlaymiz. Oxir-oqibat O‘zbekistondagi investitsiyaviy iqlimning yaxshilanishiga olib keladigan intilishlarni qo‘llashga istak bildiramiz”, - deya AQSh savdo vakili ofisida ta’kidlab o‘tildi.

Preferensiyalar bosh tizimi – AQSh hududiga mahsulotlarni bojsiz olib kirilishi rejimi bo‘lib, u 1974-yilgi Savdo to‘g‘risidagi qonun asosida rivojlanayotgan mamlakatlardan importga nisbatan o‘rnatiladi. O‘zbekistonga PBT benefitsiari maqomi (AQShga mahsulotlarni bojsiz olib kirish huquqi) 1994-yil avgustda berilgan.

Yangiliklar lentasi
0