Namangan va Sverdlovsk viloyatlari o‘rtasida hamkorlik kuchaytiriladi

© Press-slujba xokimiyata Namanganskoy oblastiPodpisani soglasheniya mejdu xokimiyatom Namanganskoy oblasti i Sverdlovskoy oblasti o sotrudnichestve
Podpisani soglasheniya mejdu xokimiyatom Namanganskoy oblasti i Sverdlovskoy oblasti o sotrudnichestve  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Sverdlovsk viloyati gubernatorining Namanganga tashrifi davomida hamkorlik to‘g‘risida qator kelishuvlar imzolandi.

TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Namangan viloyati hokimligi va Sverdlovsk viloyati hukumati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy va boshqa sohalarda hamkorlik kelishuvi imzolandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar qildi.

Imzolangan kelishuvga asosan ikki viloyat o‘rtasida sanoat, savdo, ilm-fan, ta’lim, madaniyat va san’at, turizm, sport va yoshlar siyosati sohalarida keng ko‘lamli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida Namangan viloyati hokimligi bilan “SiAyTi Terminal” AJ o‘rtasida “O‘zbekiston” yo‘l xaritasini amalga oshirish bo‘yicha memorandum;

Neboskreb v Namangane - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda Vodiy timsoliga aylanuvchi ikki osmono‘par bino quriladi

Namangan viloyati hokimligi bilan “Sentr semeynoy meditsini” AJ o‘rtasida Namangan viloyati aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalari yuzasidan memorandum;

Namangan viloyati hokimligi bilan “Gruppa SverdlovElektro” YoAJ o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;

Namangan viloyati qurilishi bosh boshqarmasi bilan Sverdlovsk viloyati Qurilish industriyasi korxonalari uyushmasi o‘rtasida O‘zaro hamkorlik kelishuvi ham imzolandi.

Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyati gubernatori Yevgeniy Kuyvashev boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Namanganga kelgan. Delegatsiya Namanganda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi bilan tanishda davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0