Tokayev yana Ukraina haqida gapirdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPrezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev
Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqinda Qozog‘iston rahbari Qrim bilan bog‘liq holatni anneksiya deb atab bo‘lmasligi haqida gapirgan edi. Bunga javoban rasmiy Kiyev demarsh tayyorlashini bildirdi.

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Ukraina xalqi tinch va farovon hayotga munosib, deya bayonot qildi Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev. U shuningdek, Ukraina muammosi avvalo normand formatida hal etilishi kerakligini ta’kidladi, deb xabar bermoqda Sputnik Qozog‘iston.

Goroda mira. Kiyev - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina TIV Qrim xususida aytilgan gaplar uchun Qozog‘istonga demarsh bilan taxdid qildi

Eslatib o‘tamiz, Germaniyaga tashrifi arafasida Tokayev Qrim bilan bog‘liq holatni anneksiya deb atab bo‘lmasligini aytgan edi. Tokayevga ko‘ra, "anneksiya - Qrimga nisbatan ishlatilishi mumkin bo‘lmagan o‘ta murakkab so‘z".

"Ukraina masalasiga kelsak, prezidentimiz juda yaxshi irodani namoyon qildilar va Qozog‘iston hududida vositachilik harakatini taklif etdilar. Biz, tabiiyki, Ukraina muammosi eng avvalo normand formatida yechilishi kerak, degan fikrdamiz. Normand formatidagi yig‘ilish 9 dekabrda Parijda o‘tkazilishini bilamiz. Biz Ukraina xalqiga katta simpatiya bilan qaraymiz va bu xalq tinch, farovon hayotga munosib, deb hisoblaymiz", - deb aytgan Tokayev GFR o‘tkazilgan matbuot-anjumani davomida.

U shuningdek, Qozog‘iston va Ukrainani an’anaviy do‘stlik va sheriklik munosabatlari bog‘lab turishini ta’kidlagan.

Goroda mira. Kiyev - Sputnik O‘zbekiston
Savchenko: 2023-yilda Ukraina dunyo xaritasidan yo‘q bo‘ladi

Tokayevning so‘zlariga javoban, 5-dekabr kuni Qozog‘istonning Kiyevdagi elchisi Samat Ordabayev diplomatik idoraga chaqirtirilgan. Shuningdek, Ukraina Tokayevning so‘zlariga javoban demarsh tayyorlayotgani haqida ma’lum bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda bu borada qizg‘in muzokaralar avj olgan.

Ushbu holatga Tokayevning maslahatchisi Yerlan Karin izoh berdi.

"Biz hamon qoloq fikrlashdan aziyat chekamiz. Bu bizning xalqaro va tashqi siyosiy mavzulardagi muzokaralarimizda yaqqol ayon. Milliy manfaatlardan kelib chiqib, biz nimadan manfaatdormiz yoki aksincha, manfaatdor emasmiz, bu haqda gapirish o‘rniga, ekspertlarimiz auditoriyasi uchun biz haqimizda boshqalar nima o‘ylash, nima deyishi, qanday munosabat bildirishi, xafa bo‘lishi yoki ranjimasligi muhim", - deb yozdi Karin Telegramda.

Tokayevning maslahatchisi shuningdek, fuqarolarning Ukraina TIVi go‘yoki demarsh tayyorlayotgani va Qozog‘iston elchisini chaqirtirib olgani haqidagi xabarlarga munosabatini "sarosimaga tushish", deya baholadi.

O‘zbekiston Qrim harbiylashuvi haqidagi BMT rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatlamadi

"Bu barcha notalar, demarshlar — diplomatiyadagi eski odatlar, ulardan fojia yasash kerak emas. To‘g‘risini aytganda, bu haqda hammadan oxirida qayg‘urishimiz lozim, biz birinchi navbatda pragmatik bo‘lmog‘imiz shart, eng avvalo o‘z manfaatlarimizni ko‘zlashimiz kerak, o‘zgalar fikriga moslashishiz emas, bundan tashqari hammaga birdek yoqishga urinishimiz kerak emas", - deb ta’kidlagan Karin.

Nursulton Nazarboyevning sobiq maslahatchisi Yermuxamet Yertisbayev Sputnik Qozog‘istonga bergan intervyusida, respublika hozircha Qrimni Rossiya hududi, deb rasman tan olmaganini aytdi va birinchi prezident Vladimir Putin hamda Vladimir Zelenskiyning uchrashuvini Qozog‘iston hududida o‘tkazishni taklif etganini eslatib o‘tdi.

Sal keyin Nazarboyevning maslahatchisi Odil Tursunov Elboshi Rossiya va Ukraina yetakchilarining normand formatidagi muzokaralarini yakkama-yakka uchrashuvga almashtirishni taklif etmaganligiga oydinlik kiritgan edi.

Rossiya, Germaniya, Ukraina va Fransiya yetakchilari ishtirokidagi Ukrainadagi inqiroz muammolarini bartaraf etishga bag‘ishlangan "normand to‘rtligi" sammiti 9-dekabr kuni Parijda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0