Parlament saylovining yakuniy natijalari e’lon qilindi

© SIK UzbekistanaPodschet golosov na parlamentskix viborax v Uzbekistane.
Podschet golosov na parlamentskix viborax v Uzbekistane. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovining yakuniy tur natijalari e’lon qilindi.

TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. MSK Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar uchun takroriy ovoz berish natijalarini e’lon qildi.

Izbiratelnaya urna na parlamentskix viborax v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda takroriy ovoz berish boshlandi

Kuni kecha, 5-yanvar kuni Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 25 ta saylov okrugidagi 1 730 ta saylov uchastkasida takroriy ovoz berish o‘tkazildi.

Ushbu saylov uchastkalarida 3,14 milliondan ortiq saylovchi ro‘yxatga olingan edi — ulardan salkam 2 millioni (62,8 foizi) takroriy ovoz berishda qatnashgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari to‘liq shakllandi. Unda siyosiy partiyalar quyidagi miqdorda deputatlik o‘rinlariga ega bo‘ldi:

1. O‘zLiDeP - 53 (35 %)

2. “Milliy tiklanish” - 36 (24 %)

3. “Adolat” SDP - 24 (16%)

4. Xalq demokratik partiyasi - 22 (15%)

5. Ekologik partiya - 15 (10%).

 

 

Yangiliklar lentasi
0