O‘zbekistonda deputatlar va senat a’zolariga guvohnoma va ko‘krak nishonlari topshirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Senata Oliy Majlisa Uzbekistana
Zdanie Senata Oliy Majlisa Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolariga guvohnoma hamda ko‘krak nishonlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi.

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolariga guvohnoma hamda ko‘krak nishonlari topshirildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, tadbirda MSK a’zolari, yangi saylangan deputat va senatorlar, siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan.

© Press-slujba SIKDeputati Zakonodatelnoy palati i chleni Senata poluchili udostovereniya i znachki
O‘zbekistonda deputatlar va senat a’zolariga guvohnoma va ko‘krak nishonlari topshirildi - Sputnik O‘zbekiston
Deputati Zakonodatelnoy palati i chleni Senata poluchili udostovereniya i znachki

Parlament saylovlari natijalariga ko‘ra, MSK O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 150 nafar deputatini va Senatining 97 nafar a’zosini ro‘yxatga oldi. Senat a’zolarining 13 nafari  Shavkat Mirziyovning 17-yanvardagi farmoniga asosan tayinlangan.

© Press-slujba SIKDeputati Zakonodatelnoy palati i chleni Senata poluchili udostovereniya i znachki
O‘zbekistonda deputatlar va senat a’zolariga guvohnoma va ko‘krak nishonlari topshirildi - Sputnik O‘zbekiston
Deputati Zakonodatelnoy palati i chleni Senata poluchili udostovereniya i znachki

Marosimda MSK raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov milliy parlamentning yangi saylangan va prezidentning farmoniga binoan tayinlangan a’zolarini xalq vakili bo‘lishdek sharafli maqomga musharraf bo‘lgani bilan samimiy tabrikladi.

Tadbirda parlament a’zolari endi o‘zining bor kuch-g‘ayrati, ulkan ilmiy, ijodiy va yetakchilik salohiyatini hamda insoniy fazilatlarini xalqning va mustaqil O‘zbekistonning ravnaqi yo‘lida safarbar etadi, degan umid bildirildi.

© Press-slujba SIKDeputati Zakonodatelnoy palati i chleni Senata poluchili udostovereniya i znachki
O‘zbekistonda deputatlar va senat a’zolariga guvohnoma va ko‘krak nishonlari topshirildi - Sputnik O‘zbekiston
Deputati Zakonodatelnoy palati i chleni Senata poluchili udostovereniya i znachki

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining birinchi majlislari shu yilning 20-yanvar kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Yangiliklar lentasi
0