"Zarba berishga tayyorlanmoqda": NATO nima uchun Shimoliy Makedoniyaga kirib olmoqda

Obuna bo‘lish
Yevropaning janubiy-sharqidagi kichkina davlat NATOni kuchaytiradimi va uning qurolli kuchlari o‘zida nimani namoyon qiladi ?

TOShKENT, 14 fev - Sputnik, Andrey Kos. Chernogoriya ortidan, yaqin orada yana bir Bolqon davlati NATOga qo‘shiladi - Shimoliy Makedoniya parlamenti alyansga qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatni tasdiqladi. Xozirda dunyoning eng yirik harbiy blokida 29 ishtirokchi bor, RIA Novosti xabariga asosan.

Pul yetmayapti

The Military Balance 2019-yillik nashriga ko‘ra, Shimoliy Makedoniyada sakkiz ming askar bor. Armiya 1992-yilda Yugoslaviyaning qulashidan keyin tuzilgan. O‘sha payt u yaxshi jihozlanmagan va kam anjom bilan ta’minlangan armiya edi, tarkibida faqat to‘rtta buzuq T-34 tanklari va eski qurollari bo‘lgan. Biroq, hukumat darhol NATOga kirish yo‘lini tanladi. Shimoliy Makedoniya armiyasi 1999-yilda Serbiyani bombalashda ittifoqqa ko‘maklashgan. O‘sha yili mamlakat NATOga a’zo bo‘lish Rejasiga qo‘shildi va qurolli kuchlarni isloh qilishga kirishdi.

Shtab-kvartira NATO v Brussele - Sputnik O‘zbekiston
NATO generali Rossiyani amerika sputniklarini ta’qib qilganlikda aybladi

Makedoniyaliklar ko‘pgina harbiy operatsiyalarda AQSh va NATOning muntazam ittifoqchilari bo‘lishgan. 2002-yil avgust oyidan boshlab respublikaning 240 dan ortiq harbiy xizmatchilari xalqaro koalitsiya kuchlari tarkibida Afg‘onistondagi urushda qatnashdilar. 2003-yil iyunidan 2008-yil dekabrigacha Iroqdagi amerikaliklarga kichik kontingent yordam berdi. Qurolli kuchlarni isloh qilishda 2006-yil asosiy bo‘ldi, bunda Makedoniya umumiy harbiy majburiyatni butunlay bekor qildi va professional kontraktli armiyaga o‘tdi.

The Military Balance 2019 ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Shimoliy Makedoniya harbiy ehtiyojlar uchun atigi 108 million dollardan ko‘proq mablag‘ sarflagan. Bulleten mualliflari ta’kidlashicha: mamlakatning xalqaro harbiy operatsiyalarda ishtiroki uning logistik imkoniyatlarini oshirgan bo‘lsa-da, eski sovet modellari ustunlik qilayotgan harbiy texnika parkining ahvoli jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. Va ularni NATO standartlariga moslashtirish hali ham muammoligicha qolmoqda.

Global Hawk - Sputnik O‘zbekiston
Harbiy ekspert NATO yangi dronining imkoniyatlarini shubha ostiga oldi

Shimoliy Makedoniya havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari, shuningdek uzoq masofaga mo‘ljallangan tanklarga qarshi tizimlarga ega emas. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mamlakat zamonaviy qurollarni mustaqil ravishda ishlab chiqarishga qodir emas va ularni chet elda sotib olish uchun pul yo‘q.

Kamtar kuchlar

Shimoliy Makedoniyaning quruqlikdagi kuchlari tezkor reaksiya kuchlari, qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar va strategik zaxiradan iborat. Birinchisiga ikkita piyoda brigadasi va bronetank batalon kiradi. Qo‘llab-quvvatlash kuchlari tarkibida artilleriya polk, havo hujumidan mudofaa bataloni, RXBZ rotasi, aloqa va logistika bataloni, muhandislik bataloni, razvedka rotalari va harbiy politsiya mavjud. Strategik rezervda ikkita piyoda brigadasi mavjud.

Tank bataloniga 90-yillarda Bolgariya va Ukrainada sotib olingan 30 ta T-72A tanklari kiradi. Piyodalar brigadalarida – 11ta BMP-2 piyoda jangovar mashinalari, o‘nta MT-LB zirhli tortkichlari, o‘nta BRDM-2 patrul mashinalari, 70 ga yaqin BTR-70 va BTR-80 bronetransportorlari, shuningdek to‘qqizta Gretsiya  Leonidas-lari, 28 ta amerika M113s va 84 ta TM-179 Hermelin nemis zirhli mashinalari. Bundan tashqari, quruqlikdagi kuchlarda 80 ga yaqin Hammer bor. 2028-yilga kelib Shimoliy Makedoniya sovet texnikalaridan bir qisminidan xalos bo‘lishni va AQShda 56 ta zamonaviy Stryker bronetransportorlarini va 96 JLTV zirhli mashinalarini sotib olishni rejalashtirmoqda.

Amerikanskiy strategicheskiy razvedivatelniy BPLA RQ-4 Global Hawk - Sputnik O‘zbekiston
Yangi dronlar Rossiya hududini chuqurroq kuzatishi mumkin - NATO

Qurolli kuchlarning artilleriyasi asosan 12 dona 122 mmlik Grad zalpli reaktiv zarba uskunasi va 12 ta yugoslav 128 mm RSZO M-63 Plamen. Stvolli tizimlar Ulug‘ Vatan urushi yillarida ishlatilgan 14 ta amerikal 105 mmli M-56 va 56 ta sovet M-30 dan iborat. Bundan tashqari, 39 ta 120 mmli Sovet va Yugoslaviya minomotlari mavjud. Ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lgan tankga qarshi qurollar - faqat bir nechta fransuz tanklarga qarshi "Milan" PTRK tizimlari.

Harbiy-havo kuchlarida faqat oltita samolyot bor: bitta Sovet An-2 va beshta Chexoslovakiyaning Z-242 o‘quv-mashq samolyotlari. Armiya aviatsiyasi ham jiddiyroq qurollangan: oltita Mi-24V zarba va to‘rtta Ukraina tomonidan taqdim qilingan va Isroilning Elbit kompaniyasi tomonidan takomillashtirilgan Mi-17 harbiy vertolotlari, shuningdek, ikkita Amerikaning ko‘p maqsadli UH-1H Iroquois vertoloti. Havoga qarshi mudofaada - Sovet qisqa masofaga mo‘ljallangan "Strela-10" zenit-raketa komplekslari, bir nechta PZRK "Igla-1" va 36 ta shved 40 mmli Bofors tez otuvchi zenit uskunalari.

Sohil xavfsizlik kuchlari - harbiy katerlarning kichik bo‘linmalari - Prespenskiy va Ohrid ko‘llarining suvlarida patrullik qilmoqda.

Sharqiy yo‘nalish

Amerikaliklar Skopyening NATOga a’zo bo‘lish istaklarini to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda, bu shunchaki vaqt masalasi ekanligini anglatadi. AQShning Alyansdagi doimiy vakili Key Beyli Xatchison Shimoliy Makedoniya harbiy blokga yozgacha qo‘shilishini bildirdi.

Tank T-54 pravitelstvennix sil Livii okolo goroda Sirta - Sputnik O‘zbekiston
Liviya davlatchiligini NATO yo‘q qildi - Lavrov

Bunga qarshi, noyabr oyida, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining 4-Yevropa departamenti direktori Yuriy Pilipson e’tiroz bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, NATOning kengayishi Yevropadagi ishonch va barqarorlikni buzadi va qarama-qarshilikni kuchaytiradi. Diplomat yangi mamlakatlarning anti-Rossiya siyosati va alyansni harbiy rejalashtirishga jalb qilinishi qit’a xavfsizligiga hissa qo‘shmasligini ta’kidladi.

Albatta, bu yerda gap Shimoliy Makedoniya Qurolli kuchlarining imkoniyatlariga ham bog‘liq emas. Kichik va zaif qurollangan armiya shundoq xam kuchli Shimoliy Atlantika Ittifoqini kuchaytirishi mumkin emas. Harbiy ekspertlar amerikaliklarga Makedoniya askarlari va tanklariga emas, balki ushbu mamlakat hududidan sharqiy yo‘nalishda operatsiyalar o‘tkazish uchun kerak, deb ishonishadi.

"Amerika Qo‘shma Shtatlari Shimoliy Makedoniyani plasdarm sifatida ishlatishni rejalashtirmoqda", deb tushuntirdi RIA Novosti geosiyosiy muammolar akademiyasining birinchi vitse-prezidenti Konstantin Sivkov: "U yerda Rossiyaga juda chuqur ichkaridagi nishonlarni urishga qodir o‘rtadagi raketalarni joylashtirish mumkin, havo bazalari va raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirish mumkin. Makedoniya aholisi esa amerikaliklar uchun oddiy yemdir."

Yangiliklar lentasi
0