Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda “Yil odami” deb e’tirof etildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na pervom posle viborov zasedanii Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na pervom posle viborov zasedanii Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maxsus mukofot va diplomni olish uchun tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Bishkek shahriga kelgan.

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga “Ala-Too ayimdari” (“Ola-Tau xonimlari”) ekologik harakati tomonidan “2019 yil odami” unvoni berilishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, respublika rahbariyati topshirig‘iga binoan maxsus mukofot va diplomni olish uchun tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Bishkek shahriga kelgan.

© KOVALENKOPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev priznan v Kirgizstane «Chelovekom 2019 goda”
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda “Yil odami” deb e’tirof etildi  - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev priznan v Kirgizstane «Chelovekom 2019 goda”

Marosimda “Ala-Too ayimdari” ekologik harakati rahbari Jipargul Bargibayeva nutq so‘zlagan. U o‘z nutqida  O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Markaziy Osiyoda do‘stlik, tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik, mintaqa mamlakatlari o‘rtasida amaliy va qardoshlik muhitini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan siyosat O‘zbekiston rahbari nomzodini tanlashning asosiy sababi bo‘lganini ta’kidlagan.

“Ala-Too ayimdari” harakati mukofoti, aslida, butun Qirg‘iziston xalqining irodasi ifodasidir”, - deyilgan xabarda.

Ilhom Ne’matov O‘zbekiston prezidenti nomidan “Ala-Too ayimdari” harakatiga va u orqali shaxsan qardosh Qirg‘iziston xalqiga O‘zbekiston rahbarining o‘zaro manfaatli o‘zbek-qirg‘iz hamkorligini mustahkamlashdagi xizmatlari e’tirof etilgani uchun samimiy minnatdorlik va chuqur hurmatni izhor etdi.

Yangiliklar lentasi
0