Toliblar AQSh Afg‘onistonning urushdan keyingi rivojlanishida ishtirok etishiga rozi

© AP Photos / Allauddin KhanBoyeviki dvijeniya "Taliban"
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Tolibon" harakati yetakchisining o‘rinbosari Sirojiddin Haqqoniyning aytishicha, toliblar AQSh bilan bitim tuzishdan oldin kelishuvning barcha punktlarini bajarishga tayyorligini bildirishgan

TOShKENT, 21 fev — Sputnik. "Tolibon" radikal harakati AQSh va boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilishga va tinchlik bitimi imzolanganidan so‘ng ularga Afg‘onistonning urushdan keyingi taraqqiyotida ishtirok etishiga ruxsat berishga tayyor.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Tolibon AQShga vaqtinchalik sulx tuzishni taklif qildi

Bu haqda "Tolibon" yetakchisi o‘rinbosari Sirojiddin Haqqoniy New York Times nashriga ma’lum qildi.

Haqqoniyning aytishicha, toliblar AQSh bilan bitim tuzishdan oldin kelishuvning barcha punktlarini bajarishga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

Shuningdek, Afg‘onistondan chet el qo‘shinlari chiqarilgach, mamlakatdagi turli harakatlar respublikaning kelajagini aniqlab olish uchun ichki muzokaralarni olib boradilar. Agar bu jarayonda chet el davlatlari ishtirok etsa, toliblar bunga qarshilik bildirmaydi, dedi Haqqoniy.

"Biz mamlakatning yangi inklyuziv tizimi haqida kelishib olish uchun boshqa tomonlar bilan maslahatlashuv va chinakam hurmat asosida hamkorlik qilishga tayyormiz. Yangi tizim yaratilishida har bir afg‘onistonlik fikri inobatga olinadi", - deb qo‘shimcha qildi u.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Tolibon AQSh samolyotini urib tushirishi mumkinmi?

Eslatib o‘tamiz, sal oldin Vashington va "Tolibon" radikal harakati o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni fevral oyi oxirida imzolashi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.

O‘tgan yil davomida AQSh va toliblar Doxada sakkiz raund muzokaralarni o‘tkazishdi. Tomonlar tinchlik bitimi bo‘yicha deyarli to‘liq kelishuvga borgan bir vaqtda toliblar tomonidan sodir etilgan va amerika harbiylari o‘limiga sabab bo‘lgan terakt tufayli hujjat imzolanmay qolgan edi.

Terakt to‘g‘risida xabar topgan AQSh prezidenti Donald Tramp buyrug‘i bilan "Tolibon" bilan muloqot to‘xtatildi va bitim imzolanishi bekor qilindi, ammo uch oy o‘tgach, muzokaralar qayta tiklandi.

Yangiliklar lentasi
0