Koronavirus, Navro‘z, savdo-sotiq: Mirziyoyev va Berdimuhamedov nima haqida suhbatlashdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, ko‘p qirrali hamkorlikni, avvalo savdo-iqtisodiy, energetika va transport-kommunikatsiya sohalarida kengaytirish masalalarini batafsil muhokama qildilar.

Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

“Koronavirus pandemiyasiga qarshi samarali kurashishni ta’minlash va uning ikki tomonlama aloqalarga salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida hukumatlar darajasida samarali hamkorlik qilish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi”, - deyilgan xabarda.

Muloqot so‘ngida prezidentlar bir-birini hamda qardosh O‘zbekiston va Turkmaniston xalqlarini kirib kelayotgan bahor, baxt-saodat va yangilanish ayyomi - Navro‘z bilan samimiy qutladilar.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Tokayev koronavirusga qarshi kurash choralarini muhokama qilishdi

Ushbu fayzli bayram asrlar osha mustahkam do‘stlik, tarixi va madaniyati mushtarakligi, tili, an’ana va urf-odatlari o‘xshashligi bilan chambarchas bog‘langan xalqlar ma’naviy hayotining ajralmas qismi ekani qayd etildi.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga tinchlik, ezgulik va farovonlik tiladi. Bugungi mushkul davrda Turkmaniston har tomonlama ko‘maklashishiga va yangi xavf-xatarlarni birgalikda bartaraf etishga tayyor ekani alohida ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Tokayev telefon orqali muloqot qilib, ikki mamlakatdagi epidemiologik holat hamda koronavirus infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni muhokama qilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0